Blogerlar tanlovi

Countdown

Ikhtiyor Abdurakhmanov
11/03/2018 - 03:39
Umumiy ball: 5
5
O’rtacha: 5 (1 ovozlar)
Xurshidbek
09/03/2018 - 21:41
Umumiy ball: 5
5
O’rtacha: 5 (1 ovozlar)
Анча вақтдан бери ижтимоий тармоқларда эзилаётган бир мавзуга тўхталиб ўтишга қарор қилдим.
Fozilbek Yusupov
09/03/2018 - 05:21
Umumiy ball: 5
5
O’rtacha: 5 (1 ovozlar)
Sheraliev Baxtiyor Mahmutali o'g'li
09/03/2018 - 04:08
Umumiy ball: 10
5
O’rtacha: 5 (2 ovozlar)
Ulug'bek Ismatov Akrom o'gli
09/03/2018 - 02:34
Umumiy ball: 5
5
O’rtacha: 5 (1 ovozlar)
IMHO - ingliz so'zidan olingan "In My Humble Opinion", ya'ni mening shaxsiy fikrimcha ma'nosiga ega.

Pages

Ikhtiyor Abdurakhmanov
Ulug'bek Ismatov Akrom o...
Jamshidbek Odilov To'lqin...
Lazizbek Ergashev
Orifjonova Muxlisaxon Alisher...
Rufat
Sherzod Davlatov

Sahar Maktabining 2018 yildagi blogerlik tanlovida qatnashing! 

 

Tanlovning maqsadi

Tanlovning maqsadi – yosh va havaskor blogerlar o’rtasida ijtimoiy dolzarb mavzularni qamraydigan blogerlik faoliyatini shakllantirish va rag’batlantirish. Bu orqali esa jamiyatda fikrlar almashuvini kengroq yo’lga qo’yish.

 

Tanlovni tashkil etish va o’tkazish

  1. Mazkur tanlov “ochiq tanlov” maqomida bo‘lib, unda internet tarmog‘ida o‘zining shaxsiy sahifasi (blog, veb-sayt) orqali o‘zbek tilida blog yurituvchi, fuqaroligidan, millatidan qat’i nazar, barcha jismoniy shaxslar qatnasha oladi.
  2. Shuningdek, blog yuritmaydigan, lekin o‘zbek tilida maqola, blogpost yozadiganlar ham tanlovda qatnashishi mumkin.
  3. Har bir ishtirokchi tanlovda bir nafar original blogpost bilan ishtirok etishi mumkin.
  4. Tanlov Sahar maktabi tomonidan tashkil etiladi va o’tkaziladi. Maktab tanlovning hakamlar hay’ati tarkibini tuzadi. Hakamlar guruhi tarkibiga Sahar maktabi vakillari, blogerlik, jurnalistika va madaniyat sohasi vakillari kiritilishi mumkin. 
  5. Tanlov quyidagi bosqichlarda o’tkaziladi.
  6. Birinchi bosqich – tanlov ishtirokchilarining blogpostlarni ro’yxatga olish – 2018-yilning 15-fevralidan 12-martgacha o’tkaziladi.
  7. Ikkinchi bosqich – tanlov g’oliblarini hakamlar hay’ati tomonidan aniqlash – 2018-yilning 13-martidan 16-martigacha bloglar ko’rib chiqiladi va baholanadi.
  8. Uchinchi bosqich – tanlov g’oliblari 2018-yilning 20-mart kuni e'lon qilinadi. G'oliblarni taqdirlash oldindan belgilangan kunda Toshkent shahrida o'tkaziladi.
  9. Tanlovda ishtirok etish uchun bloglar 2018-yilning 15-fevralidan 12-martga qadar Sahar maktabining vebsaytida qabul qilinadi.
  10. Tanlovda ishtirok etish uchun topshirilgan blogpostni faqat unga bevosita daxldor bo’lgan jismoniy shaxs taqdim etishi shart. Tanlovga taqdim etilgan arizani qaytarib olishga faqat blogpostning egasi haqli.
  11. Tanlovga taqdim etilgan arizalar Sahar maktabi tashkiliy qo’mitasi tomonidan saralanadi va nomzodlarning ro’yxati shakllantiriladi. Qabul qilingan blogpostlar Sahar maktabi vebsaytida ochilgan maxsus sahifada chop qilib boriladi, hamda muddat tugagach (dedlayn), ularning umumiy ro‘yxatini maktab vebsaytida rasmiy blogda e’lon qilinadi.
  12. Tanlov o’tkazish jarayonida tanlov ishtirokchilariga unda qatnashish uchun kerak bo’ladigan barcha ma’lumotlar www.saharschool.org vebsayti va maktabning Facebook sahifasiga joylashtirib boriladi.

 

Tanlov o’tkazish joyi

1. Tanlov Sahar Ijtimoiy Tadbirkorlik maktabining vebsaytida www.saharschool.org/blog-competition o’tkaziladi. Shuningdek, saytdagi tanlov bilan bog’liq barcha ma’lumot va e’lonlar maktabning Facebookdagi sahifasida ham e’lon qilinadi.           

·       www.saharschool.org/blog-competition

·       https://www.facebook.com/SaharMaktabi/

2. Tanlovga faqat mazkur Nizomda belgilangan tartibda Sahar maktabi veb-sayti orqali belgilangan ariza shaklini to’ldirish orqali arizalar qabul qilinadi.

3. Ariza shakli to’ldirilayotganda ishtirokchilar uchun blogpostni Sahar maktabi veb-saytiga joylashtirish uchun (html formatida) to’la imkoniyat beriladi. Ariza topshirilgach, tanlov tashkilotchilari 24-48 soat ichida arizani veb-saytda chop etadi. Blogpost chop etilganda arizachi bu haqda email orqali xabar oladi.

4. Ariza to’ldirayotganda blogpostni Sahar maktabi veb-saytiga joylashtirish borasida maxsus ko’rsatma bilan SHU YERDA tanishish mumkin.

 

Tanlov ishtirokchilarini baholash va g’oliblarni aniqlash mezonlari

  1. Tanlovningda ovoz berish ikki xil usulda olib boriladi: Sahar maktabi jamoasidan tashkil topgan hakamlar hay’ati tomonidan yashirin ravishda, hamda mushtariylar tomonidan ochiq ravishda.
  2. Ommaviy ovoz berish tanlov sahifasida (boshqa usullar ham qo‘shilishi mumkin) olib boriladi. Unda mushtariylar tanlov tashkilotchilari tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatdagi blogpostlarga 1dan 5 bal oralig’ida baho berishi mumkin. Ovoz berish muddati tugab bo‘lgach, ovoz natijalari e’lon qilinadi. Har bir o’quvchi bir blogpost uchun faqat bir martagina ovoz berishi mumkin. 
  3. Tanlovning ushbu bosqichida ishtirokchilar o’z blogpostlarini ijtimoiy tarmoqlarda  bo’lishishi va unga ommaviy ovoz to’plash imkoniyatiga ega bo’lishadi.
  4. Saralash bosqichida mustaqil hakamlar hay’ati tuziladi. Hakamlar qabul qilingan blogpostlarni anonim tarzda baholab chiqadi. So’ngra g’oliblar tashkilotchi tomonidan e’lon qilinadi.   
  5. Har bir blogpost quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

·       mavzuning dolzarbligi;

·       originalligi;

·       yozish malakasi (yoki audio yoki fotoning sifati);

·       shaxsiy va tahliliy fikrning mavjudligi;

·       innovatsion va noodatiy uslub va yondashuvga egaligi;

·       muammolarga yechim taqdim etishi (agar bo’lsa).

 

Blogpostga qo‘yilgan talablar

1. Blogerlar istalgan ko‘rinishda blogpost yozishi mumkin. Video, audio (podkast),  foto  va h.k. shaklidagi blogpostlar bilan qatnashish targ’ib qilinadi. Matn asosidagi blogpostlarning uzunligi o’rtacha 3 bet atrofida bo’lishi, video va audio shaklidagi blogpostlarning uzunligi 5 daqiqadan oshmasligi lozim.  

2. Tanlovga hali chop etilmagan yoki 2018-yilda chop etilib, boshqa tanlovlarda ishtirok etmagan blogpostlargina taqdim etilishi mumkin. Bitta ishtirokchi tomonidan tanlovga faqatgina bitta blogpost taqdim etilishi mumkin. 

3. Tanlovda ishtirok etayotgan blogpostlarning mazmuniga quyidagi talablar qo’yiladi: Tanlovda qatnashish uchun topshirilgan blogpostlar jamiyatdagi ijtimoiy mavzularni yoritishi talab etiladi, ayniqsa, quyidagi mavzular doirasida yaratilgan blogpostlarga alohida ahamiyat beriladi:

Ijtimoiy faollik va yetakchilik (ijtimoiy muammolarga bo’lgan munosabat, ijtimoiy tashabbus va mas’uliyatlilik namunalari):

·       Internet va Ijtimoiy faollik

·       Ayollarning Ijtimoiy faolligi

·       Nogironlik va isnod (stigma)

·       Yoshlar, ijtomoiy faollik va ta’lim sohasidagi masalalar

·       Volontyorlik

·       Energiya va suv ta’minotidagi muammolar, ularning yechimi

·       Va boshqa ijtimoiy faollikka doid mavzular

Mavzuni yoritganda puxta izlanish, aniq ma’lumotlar berish va tahliliy fikrlash maqsadga muvofiq. Bloglar o’ziga xosligi va fikrlarni innovatsion talqin qilishi bilan ajralib turishi kerak.

Ta’qiqlar

  1. Shaxsi noma’lum blogerlar tomonidan, shuningdek, shaxsiy fikr emas, balki tahririyat fikri ko‘rinishida yozilgan blogpostlar tanlovga qabul qilinmaydi.
  2. Shuningdek, milliy adovat, irqchilik, terrorizm, urush, zo‘ravonlik, diniy qarashlarni targ‘ib qiluvchi, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi qaratilgan hamda o‘zgalarning sha’ni, va qadr-qimmatini kamsitish mazmunidagi blogpostlar tanlovda ishtirok etish uchun qabul qilinmaydi.

 

Tanlov g’oliblarini taqdirlash

  1. Tanloving yakuniy saralash bosqichiga chiqqan 5 ta ishtirokchiga sovg’alar beriladi.
  2. Tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra 3ta o’ringa va 2 maxsus nominatsiya bo’yicha  qimmatbaho sovg’alar beriladi.
  3. Bundan tashqari, tanlov tashkilotchilari tanlovda qatnashgan blogpostlar orasidan o’ziga xos innovatsion yangilik kiritgan yoki noodatiy yondashuvga ega blogpost mualliflarini ham taqdirlaydi.

 

Tanlov tashkilotchilari va ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari

Tanlovga topshirilgan barcha blogpostlar Sahar maktabi mulkiga aylanadi. Sahar maktabi ularni o'z vebsaytida chop etish va ijtimoiy tarmoqlarda bo'lishish huquqini saqlab qoladi.

1. Sahar maktabi tanlov o’tkazish davomida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

·       Tanlovni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qiladi va tanlov kunlarini belgilaydi;

·       Tanlov to’g’risidagi Nizomni ishlab chiqadi va unga o’zgartirishlar kiritadi;

·       Tanlov boshlanishi to’g’risida belgilangan muddatlarda Facebook va Sahar maktabi sayti orqali rasmiy e’lon beradi;

·       Tanlovning o’tkazilish shartlari, tanlov o’tkazish qoidalari, muddati, baholash jarayoni va tanlov bosqichlarini belgilaydi va zarur hollarda ularga o’zgartirish kiritadi;

·       Tanlov hakamlar hay’ati tarkibi, mentorlar guruhini aniqlaydi va tasdiqlaydi;

·       Tanlovga arizalar qabul qilish jarayonini tashkil etadi va arizalarni mazkur Nizomda ko’rsatilgan talablar asosida qabul qilinishini nazorat qiladi;

·       Tanlov ishtirokchilariga zarur bo’lgan hollarda ular talabiga binoan mentorlarni biriktirishga yordamlashadi;

·       Tanlov g’oliblarini va sovrindorlarini aniqlaydi va taqdirlash yo’llarini tashkil etadi;

·       Tanlovning boshqa tashkiliy masalalarini hal etadi.

2. Sahar maktabi tanlov faoliyati davomida quyidagi huquqlarga ega:

·       Tanlovga taqdim etilgan blogpost va bloglar mazkur Nizomda ko’rsatilgan talablarga javob bermasa, ularni qabul qilmaslik;

·       Tanlov ishtirokchisi mazkur Nizomda ko’rsatilgan talablarni buzsa va tanlov o’tkazish talab va shartlariga mos kelmasa, uni tanlovdan chetlatish;

·       Hakamlar hay’ati tomonidan ularning vakolatiga rioya qilinishini ta’minlash va haqqoniy baholash tizimini tashkil etishni nazorat qilish.

 

3. Sahar maktabi tanlov davomida quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi:

·       Tanlovning ochiq va oshkora tarzda o’tishini ta’minlash;

·       Tanlov natijalarini o’z vaqtida e’lon qilish.

4. Tanlov ishtirokchilarining huquqlari quyidagilardan iborat:

·       Tanlov o’tkazish shartlari va tartibi to’g’risida ma’lumot olish;

·       Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatda ariza topshirish;

·       Tanlovda qatnashish uchun topshirgan arizasini Sahar maktabiga murojaat etgan holda qaytarib olish;

·       Tanlovda g’olib deb e’lon qilingan taqdirda sovrinni qabul qilib olish.

 

5. Tanlov ishtirokchilarining majburiyatlari quyidagilar:

·       Tanlovga ariza topshirishdan oldin tanlov to’g’risidagi mazkur Nizom bilan to’liq tanishish;

·       Nizomda ko’rsatilgan barcha qoidalarga qat’iy rioya qilish;

·       Tanlovga topshirilgan barcha hujjatlardagi ma’lumotlar uchun javobgar bo’lish.

 

Yakuniy qoidalar

Tanlovda ishtirok etayotgan blogerlarning fikrlari shaxsiy xarakterga ega bo‘lib, uning to‘g‘riligi uchun faqat muallifning o‘zi javobgar bo‘ladi. Tanlov tashkilotchilarining fikri blogpost mualliflari fikridan farq qilishi mumkin.

 

Qoidalarga o‘zgartirish kiritish

Zaruriyat tug‘ilganda, tashkilotchilar tomonidan tanlov qoidalariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.