Ideal qomat

Rufat
0
Ovoz berilmagan

 

Yoshlikda uydagi shivaki nomli televizorimizning tagidagi tugmachasini bosib kanaldan kanalga olaytoganimda orada kiyim-kechak modasiga oid kanal chiqib qolar edi. Podiumga faqatgina ozg'in ayollar har xil kiyimlarni kiyib, 20-30 metr yurardi va 2-3 soniya to'xtab turardi keyin qaytib kirib ketardi. Hozirgi zamonaviy ma`daniyat va go'zallik jurnallari ozg'inlik bu ayollar uchun ideal qomat deb aytmoqda.

Ko'pchilik qizlar manekenga o'xshab ozg'in bo'lsam chiroyli ko'rinaman deb o'ylaydi. Erkaklarning 95 fozi fikringizga qo'shilmasligi mumkin.

Modelyer ayollar nega ozg'in bo'ladi? Nimaga ular o'zlarini majburlab ozadi? Nima sababdan bunday xunuk holatda yurishadi? Buning sababi moda olamining texnik tomoni bilan bog'liq. Biz ko'rayotgan modelyer qizlarning qomati nol o'lcham deyiladi. Bunday qomatga kiyim tikish juda ham qulay. Dizaynerlar tomonidan o'ylab topilgan kiyimlar o'lchami podiumga chiqadigan barchaga to'g'ri kelishi va kiyilganda ko'rinishi bir xil bo'lishi uchun shunday tekis qomat kerak bo'ladi. Faqatgina texnik tomonlama modelyerlardan shu narsa talab qilinadi. Aksariyat qizlar esa televizorda ko'rsatishayotgan bu ishni ko'pchilikka tegishli deb o'ylaydi. Va ularning miyasida ozg'inlik bu go'zallik degan yolg'on tasavvur paydo bo'ladi. Aslo unday emas!

2017-yil, 6-maydan Fransiyada yangi qonun kuchga kirdi. Podiumda modelyer qizlarning vazni bo'yiga nisbatan xalqaro meditsina standartidan kam bo'lmasligi lozimligi haqida. Masalan, 170 santimetrlik modelyerning tana og'irligi 57 kilogrammdan kam bo'lmasligi shart.

Fransiyada modelyer bo'lish uchun ozg'in qomatni hayotining asosiy maqsadi qilib olgan ayollar bor. Ular tirik skeletdir. Ozishim zarur, semirib ketishim mumkin emas deya 170 sm bo'yi bilan atigi 30 kg chiqadi. 7 yoshlik bolakay ham ulardan og'irroq.

Modelyerlik kasbini niyat qilgan chet eldagi qizlar anoreksiya kasaliga chalinmoqda. Anoreksiya kasalligi sodda tilda tushuntirganda ishtahaning yo'qolishi deyish mumkin. Ongli ravishda ovqatni juda ham oz miqdorda yeyish natijasida ba`zida o'lim holatlari ham uchrab turadi. Tengdoshlarining sen semizsan deb aytilgan haqoratomuz so'zlari yoki ozg'in qizlar chiroyli hisoblanadi, men hozir semiz ko'rinyapman deb muntazam ravishda kam ovqat yeyishlik oqibatida ularda oshqozon bilan bog'liq jiddiy muammo paydo bo'la boshlaydi.

Tonnalab osh, sumalak tayyorlanayotgan bizning yurtimizda bunday kasalliklar yaqin 10-15 yil ichida bizga kirib kelmasa kerak deb o'ylayman.O'zi ideal qomat qanday bo'lish kerak? Begemotdek semiz yoki skelet kabi ozg'inlikning o'rtasi qanday bo'ladi? Bu haqida Alijon Zohidiy yozgan kitobdan keltirilgan iqtibos bilan fikrimni yakunlayman.

"...insonning vazni o'zining bo'yi uzunligidan 100 raqamini olib tashlaganiga teng bo'lishi ideal qomat hisoblanadi. Aytaylik, bo'yingiz 167 sm, demak 100 olib tashlansa, 67 kg qoladi. Mana shu raqamdan 5% gacha, kam yoki ko'p bo'lishi ham me`yor chegaralariga to'g'ri keladi. Buni qanday tushunish mumkin? 67 kgning 5% qismi 3,35 kg ga to'g'ri keladi, uni 67 dan ayirsak, 63,5 kg, agar qo'shsak, 70,35 kg ni tashkil etadi. Demak sizning bo'yingiz 167 sm bo'lgani holda vazningiz 63,65 kgdan 70,35 gacha bo'lishi lozim. Undan ortig'i ortiq, kami kam."

Izohlar

nerissa's picture
0

Men bu balandlik va vazn o'rtasidagi farqni bilmasdim, bu juda qiziq!  little big snake