Barakalla! Bir oilaning baxti uchun oxirigacha kurash olib borildi

Ahror Sodiqov
3
O’rtacha: 3 (2 ovozlar)

Barakalla! Bir oilaning baxti uchun oxirigacha kurash olib borildi

 
Boquvchisi yo’q, ishsiz, 2 nafar voyaga yetmagan  farzandi  bilan ta’mirtalab uyda yashab kelayotgan Qalqonova Maysara opani ahvolini o’rgangan Yakkabog’ tuman Kengashi "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi U.Islomova tun-u kun amaliy yechib topish maqsadida bir qarasangiz “bo’sh ish o’rni bor”, degan tashkilot darvozasida, bir qarasangiz mahallada, bir qarasangiz tuman hokimligi eshigida sarson bo’ldi.
Bugun Umida Islomova amaliy natijaga erishdi. Uning sa’y-harakati bilan tuman hokimi uyni to’liq ta’mirlab berishni o’z zimmasiga olib, bir tadbirkorni ushbu oilaga homiy qilib biriktirgan bo’lsa, mahalla tomonida ko’mir va moddiy yordam ajratildi.
Shunga aytsalar kerakda, “Harakatda barokat bo’ladi”, deb.
P.S.: Faqatgina, tuman hokimi o’z va’dasida to’rib, uyni ta’mirlab bersalar bo’ldi. Demak, bu mavzuga ajoyib xushxabarlar bilan qaytamiz, xudo xoxlasa!
Ahror Sodiqov

 

Izohlar

Ahror's picture
5

Barchasi farovon hayotimiz uchun

Bakhtiyor Sheraliev's picture
1

Bu blogpost emas, balki xabar bo'libdi. Lekin tanlovga taqdim etilibdimi, demak uni blogpost sifatida qabul qilishgan. Fikrimcha muallif blogpost qahramoni Qalqonova Maysara opaning nega bunday holga tushib qolgani (omillar) va shaxsan uning o'zi hozirgi holatidan chiqish uchun nimadir qilgan yoki qilmaganligini, qolaversa nima uchun aynan "Kamalak" bolalar tashkiloti bu oilaga yordam berish uchun yelib yugurganini batafsil yoritishi kerak edi deb o'ylayman. Balki bu masalada boshqalardan fikrim farq qilar, lekin men mana shunday yordamlarga u qadar ham qo'shila olmayman, chunki bunday narsalar kishilarda boqimandalikni shakllantiradi, vaholanki jamiyatimizdagi aksariyat kishilarda bu illat shakllanib, ildiz otib ham ketgan. Ularning iddaolariga ko'ra davlat ularga qilib berishi kerak emish! Hammasi qonunlar asosida bo'layotgan bo'lsa ham mayli edi, lekin davlat oilalarni bir umr boqa olmaydi. Bunday holatda bu kabi oilalarga ish topib berish kerak, o'zi mehnat qilib holatdan chiqsin. Ularga moddiy yordam emas, aksincha bolalarini bog'chaga berishiga yordam yoki bog'cha puliga ma'lum chegirma, imtiyoz bilan ishga joylashish kabi imkoniyatlarni berish mumkindir, lekin kam taminlangan ekan deb ha deb yordam berish umuman yaxshilikka olib kelmaydi. Blogpostda mana shunday holatlarga tushib qolmaslik yoki tushib qolingan bo'lsa mutasaddi tashkilotlar qanday harakat qilishlari haqida muallif o'zlarining tahliliy qarashlarini berishlari lozim edi deb o'ylayman. Yuqoridagilarni hisobga olib blogpost qayta ishlab chiqishga muhtoj degan fikrda uni bir ball bilan baholayman.