Bugungi kunda O`zbekistonda elektron tijorat sohasidagi mavjud to`siqlar, kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo`llari

Nodirbek Osimjonov
4
O’rtacha: 4 (1 ovoz)

Bugungi kunda O`zbekistonda elektron tijorat sohasidagi mavjud to`siqlar, kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo`llari.

Amazon va unga bugungi kunda munosib raqobat qilayotgan Osiyoning eng ulkan kompaniyalaridan biri bo’lgan Alibaba elektron tijorat sohasida dunyo gigantlari hisoblanadi. Ularning asoschilari Jeff Bezos hamda Jack Ma esa bugun dunyodagi eng boy insonlardir.

 

 

Agar bundan 10-15 yillik yaqin tarixni nazar solib, Alibaba va Amazon uchun ilk poydevor qo’yilayotgan davr va ularning bugungi kundagi darajaga yetganini  ko`rib inson ishongisi kelmaydi albatta. Ammo bularning zamiridagi katta mashaqqat, mehnat, qiyinchiliklar yotadi.  Jack Ma oddiy o`qituvchilikdan bugun 41.3 mlrd dollar yoki Jeff Bezos 2018-yil yanvardagi ma`lumotlarga ko`ra 105.1 mlrd dollar egasi hisoblanadi. 2018 yil yanvar oyida Dunyoning eng boy insoni Jeff Bozes bo`lib kelmoqda.

 

 

Bu juda murakkab va sermehnat yuksak daraja hisoblanadi.Tarixni eslaydigan bo`lsak Amazon asoschisining ilk davrlari juda ham og`ir va qiyinchilik davrlar bo`lgani ko`rinadi.

 

Alibaba asoschisi Jack Ma hozirda  Osiyoda eng gigant kompaniyaga asos soldi.

 

Shunday savol tug`iladi :Bunday tez suratlarda o`sishga nima sabab bo`ldi.

E-tijoratda eng asosiy yo`nalishlardan bo`lgan: E-to`lov ,Yetkazib berish xizmati,Internet-marketing va xavfsizlik bular barchasi bir tizimda jam bo`la oldi va ushbu sohani yuksak darajaga olib chiqdi.

Jack Ma aytganidek : E-savdo istalgan vaqtda ,istalgan joyda kunu –tun xizmat qilish va xaridorlarning vaxti ,mablag`i tejashdir.Xaridor xoxlagan vaxti xaridni amalga oshira olishi karak.

Jeff Bozes fikricha:” Amazon”asosida kompaniyaning muvaffaqiyat qozonishiga yordam bergan 3-ta g`oya bor.Mijozni 1-o`ringa qo`yish, kashf qilish va sabrli bo`lishdir.

 Hozirgi kunda E-tijorat bo`yicha O`zbekistonda ham ko`plab ishlar qilinganini ko`rishimiz mumkin.Ushbu yo`nalish bo`yicha “Elektron tijorat to`g`risida” gi 2004 yil 29 apreldagi 613 – II son Qonuni bilan belgilanadi va amalga oshiriladi. 2014yil 23-maydan ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi.  Va shu asosda ishlar olib borilmoqda.

Bilamizki, E-Tijorat bizning yurtimizda ham rivojlanayotgan sohalardan biridir.Bunga misol qilib :  Lebazar, abad, Alibazar Olx va boshqalar.Bularni bilamiz albatta  e-savdoga yo`naltirilgan. Biroq bular nima uchun ommalashmayapti.Viloyatlarda ham ommalashishi mumkinmi degan savollar ijtimoiy faol insonlarni o`ylantiradi.Toshkent shahrida e-savdo xizmatlari albatta yuqori darajada ko`rishimiz mumkin.Faqat toshkent bilan chegaralanish bu to`g`ri yo`l emas albatta.E-savdoni rivojlanishini qo`llab quvvatlaydigan muhim jihatlardan :

-Internet marketing yoinki (marketing)

-Yetkazib berish xizmatlari(logistika)

-Elektron to`lov tizimlari.

- xavfsizligi                                   

Keng targ`ib etish uchun internet marketing bu alohida jihatdir.Chekka tumanlardagi fuqarolar boshqa bir viloyat yoki shaharda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardan xabardor bo`lishlari kerak albatta.Xabari yo`q inson qanday bilishi mumkin.Axborot texnologiyalari rivojlanayotgan davrda va e-savdo sohasida internet marketing eng ajralmas jihati ekanligini unutmaslik darkor.Marketolog siz ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni ommaga , butun dunyoga tanitishga va olib chiqishga asosdir.Yana bir muammo xalqni qiynaydigan muammolardan biri “yetkazib berish xizmatlari”dir.Yetkazib berish xizmatisiz e-savdo o`z maqomini yo`qotadi.E-tijorat o`z nomi bilan yetkazib berish (pochta xizmati ) bilan chambarchas va uzviy bog`liq.Chekka qishloqdagi xaridor boshqa bir viloyatda chiqarilayotgan mahsulot to`g`risida ma`lumot oldi ,endi uni olib kelish kerak.Qanday?

Yetkazib berish xizmatini takomillashtirish yo`llarini ishlab chiqish va xususiy sektorlarni (pochta xizmatlari)ko`paytirish kerak.Bunda bizda yordam beradigan asosiy yo`nalishlar hozirda

-         Temir yo`l xizmatlari

-         Xususiy pochta xizmatlarini tashkil etish.

Hozirda qariybki barcha viloyatlarimizga temir yo`l qatnovi yo`lga qo`yilgan.Asosiy muammoyimizni yechishning bir yo`li ushbu Temir yo`l xizmatlariga borib taqaladi.Nima uchun?

Chunki temir yo`l xizmati

-arzon

-xavfsiz

-ishonchli

-yagona tizim mavjud

-o`z vaqtida yetkazish

Temir yo`l xizmati bilan shartnoma orqali uzoq viloyatlardagi(qoraqalpog`iston,xorazm,….)xaridorlarga o`z mahsulotlarni yetkazish imkoniyati paydo bo`ladi.

Natijada: Dunyo tajribasidan kelib chiqib bu yo`nalish orqali yurtimizda

-narx-navoning keskin tushishi

-sog`lom raqobat muhitini shakllanishi

-iqtisodiyotning barqarorlashuvi

-ishlab chiqishni yuksak darajaga ko`tarish

- kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish

-aholini ish bilan ta`minlash

-chekka hududlarni ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanishi, Go`zal va betakror yurtimizni iqtisodiy va itimoiy rivojiga o`z ta`sirini ko`rsatadi.

 

Izohlar

Bakhtiyor Sheraliev's picture
4

Juda ham ajoyib mavzu. Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda aksariyat kishilar bozorlarda narsa izlab soatlab vaqtini sarflashni umuman istamaydi, bunga ularning vaqti ham, xohishi ham, imkoni ham yo'q. Shu bois bunday davlatlarda elektron savdo gullab yashnamoqda. JUmladan, o'zim hozir Xitoyda yashayman va bu yerda ikkita mana shunday elektron savdo tarmog'i mavjud, ularning birinchisi maqolada aytib o'tilgan Jeck Ma ning Alibaba (xitoychasi "Taobao.com") va jd.com taqmoqlaridir. U yerda Siz istagan narsangizni istagan narxingizda sotib olishingiz mumkin. Mahsulotning sifati, yetkazib berilishi va agar mabodo mahsulot sizga yoqmasa yoki ma'qul kelmasa almashtirib berilishi yoki pulingiz qaytarilishi kafolatlanadi, bunga hech kim shubha bilan qaramaydi. O'zimiz oilaviy mana shu tarmoqlardan deyarli har kuni u yoki bu narsa sotib olamiz. Ularning xizmati va mahsulot sifatiga qisqa qilib aytganda gap bo'lishi mumkin emas. Bu shaxsan mening bozor yoki do'konlarga borib narsa tanlab yurib xarid qilishga sarflaydigan vaqtimni o'z ishimga sarflashga imkon beradi. Shu bois bu tarmoqni O'zbekistonda ham amalga oshirish mumkin va bunga O'zbekistonda yetarlicha imkoniyat mavjud deb o'ylayman.
Endi bevosita blogpostning o'ziga qaytadigan bo'lsak, aytishim mumkin sohadagi huquqiy asos va uni yo'lga qo'yilishi zarur bo'lgan jihatlar haqida yozishga harakat qilingan. Endi muallif ruxsat bersalar unda yo'l qo'yilgan ayrim kamchiliklarni aytib o'tsam:
1. Avvalo shuni aytish kerakki blogpost mavzusi uchun juda uzun jumla tanlangan, kuzatishlardan ma'lum bo'ladiki, bunday uzun sarlavhali maqolalarni ko'pchilik o'quvchilar o'qigani erinishadi, garchi uning ichida juda muhim narsalar haqda yozilgan bo'lsa. Omadli blogpostning birinchi omadi bu unga munosib, qisqa, odamni bir o'qiganda jal qiladigan sarlavha tanlashdadir.
2. Blogpost sarlavhasida elektron tijorat sohasida O'zbekistonda mavjud to'siqlar deb aytib o'tilgan, lekin blogpostning ichida ushbu sohaga to'siq bo'layotgan jihatlar haqida deyarli batafsil to'xtalib o'tilmagan. Men sizga aytsam elektron tijoratdagi dastlabki eneg muhim omil bu o'sha hududda Internet xizmatining mavjud bo'lishi, narxi cho'ntakbop bo'lishi va undan aksariyat aholi bemalol foydalana olishi lozim. Lekin hozircha O'zbekistonda dunyoda Internet tezligi va uning arzonligiga dunyoda 100 talikka ham kirmagan, shunday ekan butun O'zbekiston bo'ylab elektron tijorat haqida hali o'ylamasa ham bo'ladi.
3. Kamchiliklar haqida ham oz bo'lsada yozilgan, lekin yuqorida aytganimdek soha yo'liga to'g'anoq bo'layotgan kamchiliklar tartib bilan sanab o'tilmagan, tahlil etilmagan. Masalan, kamchilik sifatida nimalarni aytish mumkin, ularning qaysi birini dasrlab bartaraf etish, ularni bartaraf etishda hukumat yoki tadbirkor nimalarga e'tibor berishi lozimligi haqida aytilishi kerak edi.
4. Men blogpost mavzuni o'qganimdan keyin katta bir tahliliy maqola o'qisam kerak deb o'ylagan edim, lekin u juda qisqa va yuzaki tahlilga asoslanibdi. Jumladan, sohani rivojlantirish uchun qilinishi kerak bo'lgan jihatlar haqida aslida butun boshli kitob yozilsa bo'ladi. Lekin blogpostni nazarda tutib ularning eng muhimlarini sanab o'tish mumkin edi. Bu yerda logistika nuqtai nazaridan faqatgina temir yo'l xizmatidan foydalanish lozimligi haqida aytilibdi, lekin faqat temir yo'l bilan kifoyanilsa bu tadbirkor uchun yaxshi bo'ladi deb o'ylamayman. Bundan tashqari mahsulot reklamasi haqida ham gap aytib o'tilgan lekin tahliliy fikrlar kam.
Yuqoridagi kamchiliklarni hisobga olib men blogpostni yaxshi bahoga baholadim. Muallifga ijodiy parvozlar tilar ekanman, kelajakda yoziladigan tahliliy blogpostlarda imkoni boricha atroflicha izlanishni, shu bilan qolaversa mavzu tanlashda uning barcha qismini emas, balki aynan muhim bir nuqtasini tanlashni maslahat beraman. Bu yozilayotgan maqolaning sifatiga albatta katta ta'sir ko'rsatadi.