Ideal qomat

Rufat
5
O’rtacha: 5 (7 ovozlar)

 

Yoshlikda uydagi shivaki nomli televizorimizning tagidagi tugmachasini bosib kanaldan kanalga olaytoganimda orada kiyim-kechak modasiga oid kanal chiqib qolar edi. Podiumga faqatgina ozg'in ayollar har xil kiyimlarni kiyib, 20-30 metr yurardi va 2-3 soniya to'xtab turardi keyin qaytib kirib ketardi. Hozirgi zamonaviy ma`daniyat va go'zallik jurnallari ozg'inlik bu ayollar uchun ideal qomat deb aytmoqda.

Ko'pchilik qizlar manekenga o'xshab ozg'in bo'lsam chiroyli ko'rinaman deb o'ylaydi. Erkaklarning 95 fozi fikringizga qo'shilmasligi mumkin.

Modelyer ayollar nega ozg'in bo'ladi? Nimaga ular o'zlarini majburlab ozadi? Nima sababdan bunday xunuk holatda yurishadi? Buning sababi moda olamining texnik tomoni bilan bog'liq. Biz ko'rayotgan modelyer qizlarning qomati nol o'lcham deyiladi. Bunday qomatga kiyim tikish juda ham qulay. Dizaynerlar tomonidan o'ylab topilgan kiyimlar o'lchami podiumga chiqadigan barchaga to'g'ri kelishi va kiyilganda ko'rinishi bir xil bo'lishi uchun shunday tekis qomat kerak bo'ladi. Faqatgina texnik tomonlama modelyerlardan shu narsa talab qilinadi. Aksariyat qizlar esa televizorda ko'rsatishayotgan bu ishni ko'pchilikka tegishli deb o'ylaydi. Va ularning miyasida ozg'inlik bu go'zallik degan yolg'on tasavvur paydo bo'ladi. Aslo unday emas!

2017-yil, 6-maydan Fransiyada yangi qonun kuchga kirdi. Podiumda modelyer qizlarning vazni bo'yiga nisbatan xalqaro meditsina standartidan kam bo'lmasligi lozimligi haqida. Masalan, 170 santimetrlik modelyerning tana og'irligi 57 kilogrammdan kam bo'lmasligi shart.

Fransiyada modelyer bo'lish uchun ozg'in qomatni hayotining asosiy maqsadi qilib olgan ayollar bor. Ular tirik skeletdir. Ozishim zarur, semirib ketishim mumkin emas deya 170 sm bo'yi bilan atigi 30 kg chiqadi. 7 yoshlik bolakay ham ulardan og'irroq.

Modelyerlik kasbini niyat qilgan chet eldagi qizlar anoreksiya kasaliga chalinmoqda. Anoreksiya kasalligi sodda tilda tushuntirganda ishtahaning yo'qolishi deyish mumkin. Ongli ravishda ovqatni juda ham oz miqdorda yeyish natijasida ba`zida o'lim holatlari ham uchrab turadi. Tengdoshlarining sen semizsan deb aytilgan haqoratomuz so'zlari yoki ozg'in qizlar chiroyli hisoblanadi, men hozir semiz ko'rinyapman deb muntazam ravishda kam ovqat yeyishlik oqibatida ularda oshqozon bilan bog'liq jiddiy muammo paydo bo'la boshlaydi.

Tonnalab osh, sumalak tayyorlanayotgan bizning yurtimizda bunday kasalliklar yaqin 10-15 yil ichida bizga kirib kelmasa kerak deb o'ylayman.O'zi ideal qomat qanday bo'lish kerak? Begemotdek semiz yoki skelet kabi ozg'inlikning o'rtasi qanday bo'ladi? Bu haqida Alijon Zohidiy yozgan kitobdan keltirilgan iqtibos bilan fikrimni yakunlayman.

"...insonning vazni o'zining bo'yi uzunligidan 100 raqamini olib tashlaganiga teng bo'lishi ideal qomat hisoblanadi. Aytaylik, bo'yingiz 167 sm, demak 100 olib tashlansa, 67 kg qoladi. Mana shu raqamdan 5% gacha, kam yoki ko'p bo'lishi ham me`yor chegaralariga to'g'ri keladi. Buni qanday tushunish mumkin? 67 kgning 5% qismi 3,35 kg ga to'g'ri keladi, uni 67 dan ayirsak, 63,5 kg, agar qo'shsak, 70,35 kg ni tashkil etadi. Demak sizning bo'yingiz 167 sm bo'lgani holda vazningiz 63,65 kgdan 70,35 gacha bo'lishi lozim. Undan ortig'i ortiq, kami kam."

Izohlar

Bakhtiyor Sheraliev's picture
5

Tanlov uchun nihoyatda ajoyib mavzu, muallif hech kimning xayoliga kelmagan insoniyat jamiyatida uchraydgan bir muammoli jihatni olib chiqibdilar. Men bu mavzuga oid bir ijtimoiy statistikani eshitgan edim. Qaysidir davlatning erkaklari orasida "Sizga qanday vaqznli ayollar yoqadi?" qabilidagi so'rovnoma o'tkazilganda, so'rovnomada qatnashgan erkaklarning 5% ga yaqini menga 90 60 90 bo'lgan qizlar yoqadi deb javob beradi, 10% ga yaqin qismi nozikroq bo'lsa yomon bo'lmas edi deb javob qaytaradi, lekin 85% erkak men sevgan ayol albatta etli bo'lishi shart degan javobni beradi. Chunki ozg'in yoki juda ozg'in qizlar erkaklar ko'zi bilan qaraganda go'zal emas, aksincha kasalmikan degan fikrni uyg'otar ekan. Shaxsan o'zimga ham ooozg'in qizlar to'g'risi umuman yoqmaydi. Shu bois qizlarga ozishga mukkasidan ketmaslikni, uning o'rniga chiroyli qad-qomatli bo'lib yurishni, bemalol istaganicha ovqatlanishini, lekin doimiy sport yoki badantarbiya bilan shug'ullanishini tavsiya qilaman. Agar e'tibor bergan bo'lsangiz Uyg'onish davri rassomlari va haykaltaroshlarining san'at asarlaridada birorta ozg'in ayolni uchratmaysiz, chunki ular go'zallik ataloni hisoblanmagan. Blogpostda tilga olinganidek ozg'in qizlar modelyerlar uchun nol o'lchamdagi kiyimlarni taqdim etish uchun kerak. Hamda ularga kiyim tikish uchun individual yondashuv talab etilmaydi. Mutaxassis sifatida blogpost oxiridagi fikrga to'liq qo'shilaman.
Blogpostning o'ziga kelsak, u qisqa va lo'nda tarzda o'zi olib chiqqan jihatchi chiroyli tarzda yoritgan. Muallifning ushbu ishini o'quvchi sifatida a'loga baholayman. Muallifning o'ziga ijodiy parvozlar tilab qolaman.

Dilfuzadiz's picture
5

Muallif fikrlariga qo'shilaman. Hozirda ko'p qizlarimiz podiumdagi qizlarga taqlid qilib, o'z sog'liqlarini yo'qotishmoqda. Men ham ozaman deb anchagina dori ichdim. Afsuski sog'ligim yo'qolgani qoldi.

Abdugaffar's picture
5

Muallif kopchilik bilmidigan malumotlar haqida yozib, qiziqarli malumotlar bor ekan

Mukhlisa's picture
5

Bu mavzu menga yoqdi, ko'zga ko'rinmasdek tuyuladigan,lekin ko'rinarli xavf solishi mumkin bo'lgan muammo. Omad!

Mukhlisa's picture
5

Bu mavzu menga yoqdi, ko'zga ko'rinmasdek tuyuladigan,lekin ko'rinarli xavf solishi mumkin bo'lgan muammo. Omad!

hilolaxon's picture
5

Agar veshalkalar yurishni bilganida ozg'in qizlarga hojat qolmas edi. Ozg'in qizlar veshalkani o'rini bosishadi. Ular tirik veshalka.
Qizlar chiroyli qomatda bo'lsa, kiyim qiymati tushib ketadi. Kiyimlar ko'rinmay qoladi.

Feruza88's picture
5

Ahamiyatli mavzulardan. 12 ga kirgan boy xonadon qizlari podiumdagilarga havas qilib labini shishirib olishgan. Tabiiy gozalikka yetmiydi baribir

Rustam882003's picture
5

Ideal qomat ham gözallik kabi köp muhokama qilinadigan va odatda bitta töxtamga kelish qiyin bölgan mavzu deb bilaman.
Gözallikdan farqli ölaroq ideal qomatga erishish insonga öziga köproq bogliq. Bunda albatta soglom turmush tarzi, sport bilan shugullanish, tögri ovqatlanish va hakazolar muhim rol öynaydi. Sport bilan shugillanishga alohida töxtaladigan bölsak, muntazam shugillanish ortidan tana, harakatlardagi yengillik sezilib turadi. Böy va vazn örtasida ajoyib mutanosiblik, körinish, qomat yuzaga keladi. Balkim shu ideal qomatdir.