"Katta yeyish" maqsadida "kichik yeyayotganlar".

Sherzod Davlatov
4
O’rtacha: 4 (1 ovoz)

Kelar inson asli "yemoq" uchun bu dunyoga.Gar bo'lmasa qul bo'larmidi "nafs" degan baloga!?! Azaldan tillarda doston bo'lgan savol - "Yashash uchun yeysanmi? Yeyish uchun yashaysanmi?". Shu savolni eshitsam, qulog'im ostida yana bir shunga oxshash savol yangraydi - "Birinchi tuxum paydo bo'lganmi, yo tovuq?". Bu savolni "biologshunos" faylasuflarga qoyib beraylikda, yuqoridagi savolga o'taylik. Keling bugun shu savolga javob izlasak . . . aniqrog'i, men sizlarga shu savolni o'z fikrim bilan javoblasam. Savolga tub mohiyatan emas, reallikdan sal yiroqlagan holda fikrlab, ma'joziy yondashsak. Bu savolda "yeyish" ni faqat asl holda - qorin to'yg'azish emas, ruhiy muxtojlikni qondirish ma'nosida ham qaraylik(aslida ham shunday darajada berilgan savol). " -Sherzod! Sen bu dunyoda yashash uchun yeysanmi, yoki yeyish uchun yashaysanmi? -Men bu dunyoda yeyish uchun yashayman." Ha mening javobim shunaqa. Hayron bo'lmang. Siz ham shunaqasiz, aslida! "Yo'q, men yashash uchun yeyman" deb e'tiroz bildirayotgandirsiz?!. Bu o'zingizni ovutish va vijdonli ko'rsatish. Dunyoga kelibmizki, ota-onalarimiz bizni ko'z qorachig'idek asrashga urinishadi va buni uddalashadi. Chunki ular otamiz, onamiz. Orzular bilan tarbiyalashadi. "Katta odam" bo'lsin deb niyatlar qiladi. "Katta odam" deganda o'sib ulg'ayib, yaxshi joylarda o'qib, katta joylarda ishlashni nazarda tutsa kerak-da. Mana shu ondayoq ota-onalarimiz tomonidan yeyish uchun yashash "tamoyili" bizning miyamizga singdirib borilmasmikan?! Sir emas - biz o'qib, katta joyda ishlab, yoki biznes qilib "katta yeyish" ga "katta kiyish" ga(ba'zida katta gapirishga ham) harakat qilamiz. Dang'illama uylar qurish hayollarida yuramiz(ba'zi Robinzo Kruzosifatlarni hisobga olmaganda). To'g'ri - bular turmush tarzini yaxshilash uchun qilinadigan sayharakatlar, bunga e'tiroz yo'q! Lekin ba'zilarning, shu narsalarga erishish yo'lida umrlari o'tib ketadi. Bu yeyish uchun yashashmasmi, sizningcha?! Aslida, bizning hayot tarzimizni yaxshilash yo'lidagi harakatlarimiz - "yeyish uchun yashash" dek tuyulmayaptimi sizga?! Hayot qaynagan ko'cha-ko'ydagi odamlarning uyog'dan buyoqqa sargardon yurishlari, o'sha farzandlarini, o'zini qornini to'yg'azish maqsadida yurganlarning hayoti "yemoq uchun yashash" qonuniga mos kelmayaptimi, sizning nazdizda?! Men hech ikkilanmay buni tasdiqlardim - insonlar yeyish uchun yashamoqda! Ha insonlar "katta" yeyish uchun "kichik" yeb yuribdilar. Qiziq, umr o'tgandan keyin katta yeyishni kimga qizig'i bor ekan? Dono, bolajon xalqim bu savolga ham javob topishadi - "-Bizga nasb qilmasa, bolalarimiz rohatini ko'rsin!" Vaqt, umr o'tmoqda, o'zingiz uchun ham yashang, azizlar!

Izohlar

Bakhtiyor Sheraliev's picture
4

Eski tushunchaga yangicha yondashuv bo'libdi. Balki haqiqatdan ham muallif nazarda tutgan narsa haqiqatdir, lekin bu borada har kimning o'z dunyoqarashi va tushunchasi mavjud. Aynan blogpost haqida fikr bildiradigan bo'lsam, maqola eng zo'r joyiga kelganda shartta kesib qo'yilgan (hozir o'zbek TV larida bu modaga aylandiku) serialdek tugab qolibdi. Har holda menga mana shunday tuyuldi. Boshlashini juda ham ajoyib va orginal chiqqan, kulminatsiya ham mavjud, lekin yakun yo'qdek nazarimda, shu bois mana shu jihat haqida ham muallif o'ylab ko'rishsa yaxshi bo'lar edi. Post oxiridagi odamning o'zi uchun ham yashiga chaqirilgan da'vatning blogpostga qanchalik aloqadorligini ham biroz tushunmadim, mavzu boshqa emasmidi? Shu jihatlarni hisobga olgan holda maqolani yaxshi bahoga baholadim. Muallifga ijodiy parvozlar tilab qolaman.

SherDav's picture
0

Baxtiyor aka, fikr va tafsiyalar uchun rahmat!

Tanlov haqida yangilikni (saytni oldingi e'loni bo'yicha) bir necha soatlar oldin eshitib qolgandim. Saytga blogpost qoyish maqsadida saytimda qoygan blogpostlarimdan birini o'zgarishsiz olib qoygandim. O'zgartirish yo to'ldirishga vaqt bo'lgani bilan ilhom topilmadi. Bu blogpostni ikki yil oldin yozgandim. O'zim ham o'qib ko'rib kamchiliklar borligini angladim. Afsus hozirgi paytda blog yozishga yoki uni to'ldirishga vaqt va hohish yo'qroq. Lekin tafsiyalaringiz uchun rahmat!