Kiyinish madaniyatimiz o’zligimizga xosmi?

Erkin Pardaev
5
O’rtacha: 5 (1 ovoz)

Kiyinish madaniyatimiz o’zligimizga xosmi?

Necha yillardan buyon ayrim yoshlarimiz "ommaviy" madaniyatning ta'siriga tushib qolganliklari hech kimga sir emas. Ko'pincha ayrim yoshlar o'zimizning milliy va diniy qadiryatlarimizni ifoda etadigan liboslarimiz o'rniga, zamonaviy chet el-urf odatlariga xos, milliyligimizga mutlaqo zid bo'lgan kiyimlar kiyishni afzal ko'rmoqdalar.

Ajab zamon bo'ldida. Bundan ancha yillar avval kiyimimiz yirtilibdi yoki sutilibdi deyishsa o'zimizni  panaga olardik, uyatga qolishdan chuchir edik. Yillar o'tib yuz beradigan o'zgarishlar odamlarning kiyim borasida qarashlarini keskin o'zgartirib yubormoqda. Bunga yoshlarimiz atayin ayrim a’zolarini bo'rttirib turishi uchun chiqarilgan futbolka, shim va shunga o'xshash ayrim kiyimlardagi biz ma’nosiga tushinib yetmagan yozuvlari oddiygina bezak bo'lib qolyabdi xolos.

O'g'il va qizlarimiz kiyib yurgan tor shim va shunga o'xshash liboslar bunga yoqqol misol bo'la oladi. Tizzasi yirtiq, ochiq joylari talaygina kalta ko'ylaklar shunchalik urfga kirdiki, bundan hech kim ajablanmay qo'ydi. Xatto keksalarning ko'zi o'rganib qoldi shekilli  avvalgidek tanbehlar ham quloqqa chalinmayotgandek. Bu yoshlarning kiyimga bo'lgan talabimi yoki sotuvchining biznesimi? Bu savolga kim javob beradi, sotuvchimi yoki xaridormi?! Bunday kiyimlarni kiyib ko'cha-ko'yda, o'qishda, bazmlarga borishimiz bizda uyat hissini uyg'otmayabdi. Buni ko'rib turgan ota-onalar, hatto bo'lajak er ham juftining zamonaviyligidan xursand  bo'lishimi yoki gap uqtiraolmasligidanmi, yo shunga ko'nib qo'ya qolyabdimi?!

Avvolom bor shuni shuni aytish kerakki o'zimizning milliy kiyimimizni kiyishiga ham, tizzasi ochiq kiyimlar kiyishga hech kim majbur qilmaydi. Lekin o'zini o'zbek farzandiman deb bilgan yoshlarimiz o'z milliyligimizdan ajralmagan holda zamonaviylikka intilsa nur ustiga nur bo'lardi. Asl er kishida sharqona g'urur kuchli bo'lsa o'z jufti haloli yoki singlisi yoki opasi ko'cha ko'yda ochiqroq ,yengil-yelpi, badaniga yopishib turadigan harir kiyimlar kiyishdan qaytargan bo'lmasdimi? Kiyinish madaniyati nafaqat ko'chaga chiqqanda hatto uyda yurganda ham bu odobga e'tibor berishi lozimku.

Kiyinish odobi dedik avvolo bu "odob"ning o'zi nima? Odob so'zi arabcha "Madoba" so'zining o'zagidan olingan bo'lib yaxshilik ,yaxshilikni chaqirish degan ma'noni bildiradi .Shunday ekan, bugungi kunda esa "Kiyinish odobi" o'rniga "Kiyinish madaniyati" iborasi ko'p qo'llaniladi. Telifonda gaplashish madaniyati, ovqatlanish madaniyati, salomlashish madaniyati kabi. Odob so'zining ma’nosi yaxshilik degan ma'noni bildirar ekan, demak kiyinish odobiga amal qilgan insonni tashqi ko'rinishiga qarab yaxshi va madaniyatli inson ekanligi bilinib turishi lozim. Xalqimizda bir gap bor axir: "Kelgan insonni kiyimiga qarab kutib olib, odobiga qarab kuzatamiz". Kiyinishning salbiy tomonlari deganda ko'z oldimizga avvalo qizlarning keyinishi keladi. Vaholanki o'g'il bolalar, erkaklar va hatto yoshi oltmish yoshdan oshgan qariyalar ham o'ylab ko'rishlari ham kerak emasmi?

Yigitlarning Yevropacha kiyimlarini hech kim tanqit qilmoqchi emas, lekin o'ziga hech ham yarashmaydigan faqatgina o'ziga o'xshagan yigit-qizlar tamonidan ma'qullanadigan, o'zlarini o'ta zamonaviy deb biladigan bu yoshlarning gap so'zlari hamda o'zlarining tutishlari kishini g'ashini keltiradi xolos. So’z boshida qariyalar ham dedik, ular tamonidan yo'l qo'yiladigan bunday farosatsizlik deyishmi ko'ngilni xira qiladi. Guvohi bo'lganimiz shuki ko'pchilik yoshi katta qaynotalar qizlari kelinlarining oldida bitta shalvorda yurishadi ustida hech narsasi yo'q, baxona isib ketganmish! Ey befarosat axir senga qarab farzandlaring, nevaralaring o'rnak oladiku! Naxotki uyalmasa?

Inson aqlli ,bilimli ko'pni ko'rgan bo'lishi mumkin, lekin farosat, madaniyat bo'lmasa qiyin ekan. Qizlarning kiyinishi borasida ko'p gapirilgan, ammo shuni alohida ta'kidlamoqchiman. Avvallari ko'cha-ko'yda sinfdoshi yoki kursdoshi qizni rasmga olishsa janjal qilib xafa bo'lib, o'sha olgan sur'atni o'chirishga harakat qilardi. Hozirchi buning butunligicha aksi. Hozirda qizlar o'zlari turli ko'rinishu, liboslarda rasmga olib qatorasiga internetga joylab qo'ymoqda. O'zlaridan so'rasangiz “shunchaki” deydi. O'tmishni eslasak: Layli Majnunga chiroyli ko'rinishi uchun mini yupka kiyganmikan? Kumush Otabekning sevgisiga tor shim orqali erishganmi? O'zbek qizlari ibo, hayo, or-nomus har doim ham birinchi o'rinda turadiku. Andishasiz kiyimlarni kiygan qizlar erkak zotiga nisbatan qiziqish uyg'otmayabdimi? Chunki kalta va harir kiyingan qizlarga yigitlar “shaxvat” ko’zi bilan qaraydi, suqlanadi. Bunday hollarda qiziqish uyg'otmaydi ko'radi, ko'rishadi ularning o'rtasida shariyatlarimizga zid bo'lgan voqealar bo'ladi. Bunday voqealarning ko'p guvohi bo'lganmiz va bunday holatlarni gapirishga uyaladi kishi.

Biz ko'cha chiqar ekanmiz o'zimizga "Men qayerga boryabman" kim bilan uchrashayman kabi savollar bilan murojaat etishimiz lozim. Biz yangi zamin va asrda yashamoqdamiz. Ehtiyojlarimiz ham yangilanib bormoqda. Xalqimizda ajoyib gap bor “Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq”. Bu gapni har kim turlicha talqin etadi . Moda - bu zamonaviylik emasku? O'zini reklama qilib kiyinish emasku? Modani men o'zimcha talqin etaman. Moda - o'ziga yarashgan uyg'unlikda bilan kiyiladigan kiyim. Vatanga bo'lgan mehr milliy an’analarimizga sadoqat, o'zligimizni anglash, tarixiy ajdodlarimizga bo'lgan hurmat va faxr tuyg'usi bizni bir lahza bo'lsada tark etmas ekan, o'zligimizni anglab yashamog'imiz lozim.

 

Erkin Pardaev,

Samarqand viloyati

Izohlar

Bakhtiyor Sheraliev's picture
5

Blogpostda muallif ayni kundagi yoshlarimiz orasida keng quloch yoyib borayotgan zamonaviy "illat"ni tilga olishgan. Blogpost chiroyli yozilgan, fikrlar aniq berilgan, lekin ayni mana shunday holatda nimalarga e'tibor berish kerak yoki aynan nima qilish kerakligiga ham to'xtalib o'tilinsa juda yaxshi bo'lan bo'lar edi. Biz yoshlarni tanqid qilganimiz bilan ularda o'zgarish bo'lmasligi haqiqatga yaqinroq. Bu borada soha mutaxassislari izlanishlari, tahliliy maqolalar berishlari, amaliy chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqishlari maqsadga muvofiq deb o'ylayman. Yana shuni ta'kidlamoqchimanki, blogpostda ko'rsatilgan muammolarning ildizi oiladan boshlanadi, ana o'sha yerga asosiy e'tiborni qaratish lozim. Muallifga ijodiy parvozlar tilab qolaman.