Muxlislik va o'zaro hurmat

Jamshidbek Odilov To'lqinboy o'g'li
5
O’rtacha: 5 (12 ovozlar)

en.as.com

en.as.com

Muxlislik va o’zaro hurmat

“Har bir odamga hurmat bilan boqing, ular shunga loyiqliklari uchungina emas, avvalo siz inson ekanligingiz uchun” – Konfutsiy.

Futbolda shunday bir to’qnashuv borki, butun dunyo futbol muxlislari ushbu to’qnashuvni intizorlik bilan kutadi, hatto futbolga umuman qiziqmaydiganlar ham. Bu har doim eng ko’p muhokama qilinadigan, hammani o’ziga rom eta olgan to’qnashuv, Real Madrid va Barselona to’qnashuvi, ya’ni, El Klassiko.

El Klassiko. Foto: marca.com

El Klassiko. Foto: marca.com

Ushbu jamoalar to’qnash kelganda butun dunyo ahli teng ikkiga bo’linadi. Bu kunda barcha narsalar unutiladi, bu kunda boshqa barcha o’yinlar ikkinchi darajaliga aylanadi, barchaning diqqati faqat va faqat shu o’yinga qaratiladi.

Chunki El Klassiko shunchaki oddiy bir futbol o’yini emas, bu dunyoning eng buyuk ikki jamoasi to’qnashuvi va siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan qarama-qarshilik. Bu har doim Ispaniyadan mustaqil davlat bo’lib chiqishni istagan Kataloniya vakili Barselona va Qirollik klubi nomini olgan Real Madrid to’qnashuvi.

Bu jamoalar qaysi turnirda, qanday bosqichda to’qnash kelishlaridan qat’iy nazar, ushbu o’yinga mavsumning eng muhim o’yini sifatida qaraladi.

Uchrashuvdan so’ng mazkur o’yingacha jamoalarning qanday holatda yetib kelganidan, turnir jadvalida qanday o’rinda ketayotganidan, so’ngi mavsumda qo’lga kiritilgan sovrinlardan qat’iy nazar barchasi unutiladi va uchrashuvda g’olib bo’lgan jamoa va uning futbolchilari ko’klarga ko’tariladi, mag’lub jamoa esa aksincha.

Shubhasiz, El Klassiko futbolning bezagi, lekin shu bilan birga janjallar va haqoratlar o’chog’i hamdir.

E’tibor berganmisiz, mazkur jamoalar to’qnashuvidan so’ng ijtimoy tarmoqlar mag’lub jamoa va uning muxlislari ustidan kulish maqsadida yaratilgan karikaturalarga va muxlislar tomonidan bildirilgan haqoratli kommentlarga to’lib ketadi. Maqsad bitta, raqib jamoa va uning muxlislari ustidan kulish. Eng daxshatlisi bundaylarning aksar qismini futbolni umuman tushunmaydiganlar tashkil qiladi. Ularga qaysi jamoa yutgani muhim emas, ularga boshqalar ustidan kulish muhim. Zotan qaysi jamoada qaysi futbolchilar to’p surishini bilishmaydi ham. Qayerlardandir bir-ikkita futbolchilar ismi qulog’iga chalingan xolos.

E’tiborli tomoni shundaki, El Klassiko oldidan ikki jamoa Prezidentlari birga tushlik qilishadi. Bu an’anaga aylangan. O’yin boshlanish arafasida maydonga chiqib kelayotgan futbolchilar bir-biri bilan quchoqlashib ko’rishadilar va o’yindan so’ng ham qanday natija bo’lganidan qat’iy nazar o’zaro do’stona munosabatini saqlab qoladilar hamda bir-biri bilan futbolka almashadilar, murabbiylar esa ajoyib o’yin bilan bir-birini tabriklab qo’yishadi.

Muxlislarchi?! Muxlislarda butkul aksi yuz beradi: haqoratlar, so’kinishlar, ziddiyatlar, janjallar... Bunday voqealar asosan shu ikki jamoa muxlislari orasida kuzatiladi. Boshqalar orasida ham kuzatiladiku deyishingiz mumkin. Qaysidir ma’noda to’g’ri, lekin El Klassiko mashmashasi boshqa masala. Har doim ayni savollar ustida tortishuvlar yuzaga keladi. Real Madrid kuchlimi yoki Barselona? Messi kuchlimi yoki Ronaldo?

Foto: omarmomani.blogspot.com

Foto: omarmomani.blogspot.com

Foto: omarmomani.blogspot.com

Foto: omarmomani.blogspot.com

Mayli hamma o’zi yoqtirgan jamoaga muxlislik qilaversin. Lekin raqib jamoa ustidan, uning futbolchilari va mulislari ustidan kulishning nima keragi bor? Bundan nima naf? Bundan qanday zavq olish mumkin?

Eng yomoni, ana shu biz ustidan kulayotganlar orasida biz uchun qadrli insonlar ham bor. Axir qaysidir yaqin insonimiz Barselonaga, qaysidir biri esa Real Madridga, yana qaysidir biri esa boshqa bir jamoaga muxlislik qiladi.

Shunday ekan, bizni umuman tanimaydigan futbolchilar, jamoalar sabab boshqalar ustidan kulishni bas qilaylik. Muxlislik madaniyatini shakllantiraylik. Muxlislikni fanatizmga aylantirmaylik. Boshqalarni hurmat qilishni o’rganaylik. Ularni fikrini hurmat qilishni o’rganaylik.

Har bir inson shaxs sifatida hurmat qilinishga loyiq va hurmat qilinishi shart. Insonlar ustidan kulish, haqoratlash va ularning shaxsiyatiga teguvchi so’zlar ishlatish aslo mumkin emas va insoniylik jihatidan mutlaqo noto’g’ri.

Dunyodagi barcha insonlar bir xil fikrlamaydi, ular turli did va dunyoqarash sohiblari. Hamma, har doim ayni bir vaziyat yuzasidan aynan bir xil fikrda bo’lmaydi, hamma ayni bir jamoaga muxlislik qilmaydi. Agar ikki inson turlicha fikr egasi bo’lsa, qarama-qarshi tomon noto’g’ri fikrlaydi va uning ustidan kulish kerak degani emas. Biz bilan bir xil fikrlamaydigan yoki ayni bir jamoaga muxlislik qilmaydigan insonlarni, ularni qanday fikrlashidan va qaysi jamoaga muxlislik qilishlaridan qat’iy nazar haqoratlashga haqqimiz yo’q. Bu hech qaysi bir insoniylik mezonlariga to’g’ri kelmaydi. Biz qaysi jamoa muxlisi ekanligimizdan qat’iy nazar eng avvalo inson ekanligimizni unutmasligimiz lozim.

Hurmat (“Respect”). Foto: twitter.com/playerssayings

Hurmat (“Respect”). Foto: twitter.com/playerssayings

Barcha muxlislar o’zi yaxshi ko’radigan va muxlislik qiladigan jamoasining o’yinini ko’rib zavq oladi. Boshqa jamoalar qanchalik zo’r o’ynamasin ular uchun eng kuchli jamoa bu o’zi muxlislik qiladigan jamoa bo’lib qolaveradi. Hamma o’zi yoqtirgan jamoaga muxlislik qilaversin va biz muxlislik qiladigan jamoalar har doim g’alaba qozonaversin!

Forca Barca! Hala Madrid!

Izohlar

Bakhtiyor Sheraliev's picture
5

Aslida futbolga umuman qiziqmayman, kelajakda qiziqish niyatim ham yo'q. Lekin maqolada aytilganidek bir ikki tanishlarimning futbolni deb bir-birini urib yuboradigandek g'alva qilishlari ba'zan juda bir jonga tegib ketadi. Men el klassiko yoki unga o'xshagan turnirlarni bilmayman, bilishni ham istamayman. Lekin maqolada aytilganidek bizni tanimaydigan o'yinchilar yoki jamoaning o'yinini deb bir-birmizni xafa qilishimiz, haqorat qilishimiz aslo yaxshi emas. Bu tarbiyasizlikdan boshqa narsa emas. Blogpost chiroyli yozilibdi. Muallif fikrlarini chiroyli, qisqa va lo'nda tarzda yetkazib bera olgan. Faqatgina rasmlar negadir olmayapti.

Abduqodir's picture
5

O'zaro hurmat hamma narsadan ustun. Shu narsa futbol va fanatizm orqali yaxshi yoritib berilgan. Blogpost ajoyib chiqqan

Shaxboz4044's picture
0

To'g'ri qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi, ammo turli millatli va turli darajali insonlarni ikki maydonda jam bo'lishiga ham olib keladi - bu jarayon.

Shaxboz4044's picture
5

Ajoyib maqola

Orif Allanov's picture
5

Men fudbolga yaxshi tushunmayman, lekin odamlarning Real /Barsa muxlislariga bo'linib tortishganlarini ko'p ko'rganman. Ba'zida bu baxslar o'zaro ziddiyatlar va xaqoratlar bilan tugagan holatlarni ham ko'p uchratish mumkin. Menimcha bu not'g'ri. Blogger ommaviy va jiddiy tus olishi mumkin bo'lgan masalani to'gri yoritgan.

Leito's picture
5

Tanlagan yo’nalishiga gap yo’q.Muhlislik madaniyatini rivojiga hissa qo’shadi degan umiddaman.Kelgusi ishlariga rivoj.Bloggerga gap yo’q.

Obidjon's picture
0

Mana buni blogpost desa bo‘ladi. Bu faqatgina real-barca oyinida emas qolgan barcha jamoalarni oyinida ham kuzatiladigan hodisa. Bizda muxlislik madaniyati yetishmagani tufayli oilaviy gutbolga kirish degan tushuncha yoq. Chunki oilaviy kirsangiz turli xildagi sokinishlardan boshqasini eshitmaysiz. Futbol ham snatga oxshagan zavq olish mumkin bolgan o‘yin. Nega endi uni ozaro janjallar bilan o‘tkazish kerak. Postga gap yoq... Zo‘r mavzuni olib chiqibdi. Blogerni keyingi ishlarida ham omad tilayman.

Obidjon's picture
5

Qoyil

Hilolaft9's picture
5

Muallif fikriga qo'shilaman. Futbol yoki boshqa sportni sevgan inson og'izda emas amalda ko'rsatishi kerak. O'zi o'ynamasdan mening komandam senikidan zo'r deb urishishi yosh bolalarning mening o'yinchog'im senikidan yaxshi deyishidan hech ham farq qilmaydi. O'zaro hurmat yo'q joyda ko'ngilsiz voqealar sodir bo'laveradi.

Hilolaft9's picture
5

Muallif fikriga qo'shilaman. Futbol yoki boshqa sportni sevgan inson og'izda emas amalda ko'rsatishi kerak. O'zi o'ynamasdan mening komandam senikidan zo'r deb urishishi yosh bolalarning mening o'yinchog'im senikidan yaxshi deyishidan hech ham farq qilmaydi. O'zaro hurmat yo'q joyda ko'ngilsiz voqealar sodir bo'laveradi.

Mukhlisa's picture
5

Menimcha, hech kim hech qaysi o'yinni futbolchalik qiziqib, jahl qilib, sevimli jamoasi g'olib bo'lsa butun mahallaga osh berishga tayyor bo'lib ko'rmasa kerak. o'zgacha blogpost ekan. Omaaaad!

Eldiyor's picture
5

Blogpost ajoyib chiqibdi. Gap yo'q. Qoyilman

Jasper's picture
0

Football olamida aniqro'gi sport sohasida shunday jihat borki, sport olamidan tashqarida do'sti bo'lgan inson sportda raqib bo'lishi mumkin va shunday vaziyatda bir birlariga iltifot yoki mehribonchilik qilib do'sti qo'li baland kelishini istab ataylab yutqazib bermaydi balki bor shijoat bilan harakat qiladi. Mana shunday jihatlari bilan ajralib turadigan bu buyuk ikki club o'zaro to'qnash kelganda faqat bir birlariga raqib sifatida qarashadi. Mana shu jihatlar bois muxlislarning bir biriga nisbatan ham o'yin vaqtida o'zaro tortishuvlariga sabab bo'ladi. Muallif tomonidan keltirilgan fikrlar shu jihatlarni yoritib berishga sabab bo'lgan. Kelajakda keltirilgan fikrlarni faktlar asosida yoritilsa yaxshi bo'lar edi. To'grisini aytsam bu maqolani o'qib mening ham maqola tayorlagim keldi )))! Keyingi ijodlariga omad!!!

Jasper's picture
5

Ovoz berishni unutibman )))

Omonov's picture
0

Yuqoridagi bir nechta izohlar qatori men ham futbolga unchalik qiziqmayman, lekin futbol o'yini orqali maqola mazmunini juda chiroyli ta'riflabdi. Haqiqatdan biz tanimagan insonlar orqasidan turli xil janjal va shunga o'xshash muzokaralar ko'p bo'lib turadi, inson janjallashish yoki muzokara oldidan o'sha mavzu uning uchun yoki jamiyat uchun foydasi borligini bilishi kerak, umuman olganda maqolaga gap yo'q !

Omonov's picture
5

Ovoz berishni unutibman

Abduvali Qurbonov's picture
5

Maqola kaminaga yoqdi.