Qiyinchilikda lazzat bor

Orifjonova Muxlisaxon Alisher qizi
4.857145
O’rtacha: 4.9 (7 ovozlar)

Kutubxonada tadbir bo'ladigan bo'ldi. Men boshlovchiman, ertaroq borib, tashkiliy ishlarga ko'maklashay dedim. Hamma u yoqdan bu yoqqa yugurar, barcha kecha bajarilmay, shu kunga qolgan ishlarni bajarishga bel bog'lagandek edi. Shu payt ro'paramda qayerdandir bir qiz paydo bo'ldi-yu, men va yana boshqalar bilan ham eski qadrdonlardek salomlashdi. Xijolat tortdim,xuddi eski tanishim-u eslolmayotgandek. Keyin shuni bildimki, u o'zi tanlagan soha bo'yicha chet elda, mashhur universitetlardan birida tahsil olayotgan ekan. Uning yonib turgan ko'zlari, har bir so'zida namoyon bo'layotgan yangicha nafas,madaniyat bilan muomala qilishi,  odobi xotiramda muhrlanib qoldi.
 O'shanda u "Qiyinchilikda lazzat bor ", degandi...
 Bolaligimda,ayniqsa, maktab paytim juda intiluvchan qiz edim. Qishloqda rus tili, ingliz tili o'qituvchisi yetishmasdi, bilmadim, nega. Lekin bizda bu fanlar o'tilmay qolmasdi yoki musiqa yoki tasviriy san'at o'qituvchimiz bizga chet tilidan o'zlari bilgancha ta'lim berishardi. Ingliz tilini hozirgacha o'rganaman, biroq rus tili men bilan inoq emas. Achinarlisi, bu bir mening emas,ko'plab do'stlarimda ham muammo. 
 Kollej, u yerda o'qish men uchun biroz antiqa edi. Bizga dars o'tadigan ustozlar o'tadigan fanini yo o'zi yaxshi o'zlashtirmagan yo bilimini qizg'onadi, yoki semestr so'nggida rizqidan mahrum bo'lgisi kelmaydi. O'qishda eng ko'p halol baho olaman,deb xom xayol qilganlar qiynalarkan!
Universitetda qaysidir darsda nimadandir munozara chiqdi. Mavzu borib-borib korrupsiyaga to'xtadi. Shunda bir kursdoshim tish-tirnog'i bilan bu illatni qoraladi. Shunda o'qituvchimiz "Bilim deganga bilim,pul deganga pul berib,ishni bitirish kerak",degan mazmun bilan fikrini tugatdi. Aytilganlarni yana ham umumlashtirsam, korrupsiya bu-yaxshilikka yaxshilik qaytarish ekan... 
 Yuqorida tilga olganim, rivojlangan mamlakatlarning birida ta'lim olayotgan yurtdoshim o'qishni bitirib shu yerdagi kichik bir firmaga ishga joylashmoqchi bo'libdi. Bu sodda qiz har qancha bilimli bo'lmasin, aqlli va tashabbuskor bo'lmasin, ishga kirolmabdi! Bilasizmi nega, bunaqa insonlar pul bilan ishga joylashishni o'zlariga ep ko'rmaydi! Eh, shuncha o'qibsiz, bilimingizni shu Vatan uchun, uning taraqqiyoti uchun sarflamaysizmi? Qanaqa xudbin insonsiz? 
 Bilishimcha, u hozirda dunyo tan olgan kompaniyalardan birida iqtisodchi sifatida ishlayotganmish... 
Biz "aqllilarning ko'chib ketishi" uchun shunday zamin tayyorladikki... 
Qulog'im ostida shu gap aylanaveradi: "Qiyinchilikda lazzat bor". Ha, men shu kundan adolatsizlikka qarshi kurashishni qiyinchilik deb atayman! Bu kabi muammolarni hal qilish barchamiz uchun muhim emasmi? Siz qanday yechimni taklif qilasiz, yoki barchasining davosi vaqtmi?

Izohlar

Zuhriddin.Abdullayev19990920@gimail.ru's picture
0

Zur

RufatBlogger's picture
5

Qizg'anchiq o'qituvchilardan umid qilmasdan, biz yoshlar bilgan bilimlarimizni viedodarslik qilib internetga joylashtirsak yaxshi ish bo'ladi. Kechagina korrupsiya haqida hind filmini ko'rdim. Nomi "Все вместе." Hindistondagi ishsizlik va korrupsiya isloh qilishga bag'ishlangan. G'oyasi va film oxiri juda ham zo'r tugagan.

Оригинальное название: Thaanaa Serndha Koottam
Год: 2018
Жанр: боевик, комедия, мюзикл
Режиссер: Вигнеш Шива
В главных ролях: Сурья Шивакумар, Кирти Суреш, Картик, Рамья Кришна, Нанда, Сентиль, Менон Суреш, АрДжей Баладжи, Сатьян, Тамби Рамайа

nigoraxon's picture
5

haqqoniy yozilibdi dardimiz.... qoyil!

nigoraxon's picture
5

haqqoniy yozilibdi dardimiz.... qoyil!

nigoraxon's picture
4

Talim tizmidagi korrupsiya bugun yoki ertaga hal bo'ladigan muammo emaso'ooooov!!!!!!1

LEO LEO's picture
5

bu faqat qizlani dardimas rostdan shunaqa oqituvchilarga qaram bo'p qomasdan ozimizani pozitsiyada qatiy turish kere jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi ishla qilinvotti faqat bizam hissa qo'shimiza kere

JamshidbekOdilov's picture
5

Meni eng yomon ko'rgan, kerak bo'lsa nafratlanadigan narsalarimdan biri bu korrupsiya. Ayniqsa ta'lim tizimida.

Sadafbek Husanboyev's picture
5

Juda samimiy tilda yozilgan) odamchaga omad))

Akmal 123's picture
5

Dolzarb mavzu ko'tarilgan. Haqiqatdan ham bizda korrupsiya va tanish-bilishchilik avj olib, yetuk kadrlarga e'tibor qaratilmay qo'ygandi. Ammo bularning bari asta-sekinlik bilan yo'qolib boradi kun kelib, bu uchun har shaxs korrupsiyani har qanday turiga qarshi chiqmog'i lozim.

Suhrob Salomov's picture
5

Maqolaga bir tomonlama yondashsak, balki siz aytganchalik bo'lar biroq qars ikki qo'ldan chiqishini ham unutmaslik kerak. Sababi iqtidorli insonlarimizning chet ellarda yurishi va muvaffaqqiyatga erishishi korrupsiya tufayli emas faqat. Ular omadini boshqa yerlarda sinab ko'rish uchun ham u yerlarga ketgandir? Nima bo'lganda ham men sizning fikringizni bir qismiga ya'ni ular ortiga qaytishiga qo'shilaman. Ular O'zbekistonimizda ham bir maktab yarata olishsa nur ustiga nur bo'lardi.