texnolife.uz

Lazizbek Ergashev
5
O’rtacha: 5 (1 ovoz)

Bugun sizga TexnoLife.uz jamoasi tomonidan to’plangan va hattoki bir xillari noxos topilib qolgan googleda qiziqarli qidiruv natijalari haqida aytib o’tamiz. Buni istalgan odam o’z shaxsiy kompiturida bajarib ko’rishi mumkin. Qani ketdik ☺

  1. «askew» – google sayti biroz qayrilib qoladi
  2. «recursion» – google «Did you mean: recursion?» (recursion deb qidirmoqchi bo’ldingizmi?) deb javob qaytaradi ☺
  3. «the answer to life the universe and everything» (butun dunyo va hamma narsaning javobi) – google 42 deb javob qaytaradi. Biz shaxsan nima uchun shunday bo’lishi haqida biroz izlandik. Keyin aniqlasak Douglas Adamsning «The Hitchhiker’s Guide to the Galaxy» asarida yozilishicha hamma narsaning javobi – 42 . U yana shunday degan «Balki siz bu fikrimga qo’shilarsiz yoki yo’q, lekin aslida shunday».
  4. «Do A Barrel Roll» (360 darajaga aylanish) – google qidiruv tizimi 360 gradusga aylanib yana o’z holatiga qaytadi. Buni bajarib ko’ring juda qiziq
  5. «Zerg Rush» – google bunday so’rovga mashxur ‘Starcraft’ video o’yini paydo qiladi.
  6. «Anagram» – Anagram deb so’zning harflari jo’yini almashtirib boshqa so’z yoki so’zlar kombinatsiya hosil qilishga aytiladi. Boshqa odam esa o’sha yangi so’zdan eski so’zni yasashi kerak. Googlega Anagram deb so’rov bersangiz u sizga «nag a ram» deb qaytaradi. Bu o’yinga bir misol
  7. «Define Anagram» – google ‘define anagram’ so’ziga anagram so’z yaratib beradi. va u sizga ‘nerd fame again’ deb javob qaytaradi
  8. «once in a blue moon» (ko’k oyda bir marta) – google sizga 1.16699016 × 10-8 hertz deb javob qaytaradi.
  9. «the loneliest number» (yolg’iz raqam) – google sizga kalkulyatorda 1 ni ko’rsatadi. Manimcha buni o’zingiz tushunib oldingiz nima uchunligini. Bundan tashqari «the number of horns on a unicorn» (yakkashox shoxlari soni) deb so’rov bersangiz u yana 1 deb javob qaytaradi
  10. «sqrt(cos(x))*cos(300x)+sqrt(abs(x))-0.7)*(4-x*x)^0.01, sqrt(6-x^2), -sqrt(6-x^2) from -4.5 to 4.5» – googleda shu funksiyani qidirsangiz u sizga yurakcha grafigini chizib beradi. Chunki bu yurakchaning grafigida ♥
  11. «atari breakout» – googleda shunday deb qidiruv berganizdan keyin Images (Rasmlar) bo’limiga o’ting va AtariBreakout o’yinini o’ynang
  12. «google packman» – bu ham o’yin
  13. «google in 1998» – siz 1998 yilga qaytib o’sha yildagi googleni ishlatasiz
  14. «blink html» – so’rov natijalaridagi HTML Blink so’zlari paydo bo’lib o’chadi
  15. «flip a coin» – tanga tashash

Gohida sizga aniq bir ma’lumot kerak bo’lib qoladi va uni googleda qidirsangiz ko’p malumot chiqqanidan kerakli ma’lumotlarni osonlikcha topishga qiyinchilikka uchrashish mumkin. Ammo qidiruvni yengillashtirish uchun maxsus so’rov gaplar bor.

  • Calculator – Googleda kalkulator chiqadi va unda misollarni yechish mumkin
  • Tashkent to Bukhara – bu manimcha eng foydalilaridan biri. Bir shahardan boshqa shaharga piyoda, poyezd bilan va mashina bilan qancha vaqtda borishingizni taxminan hisoblaydi. Bundan tashqari ikki shahar orasidagi eng qisqa masofani ko’rsatadi.
  • Define something – Define deb biron so’zni yozsangiz agar so’zning tavsifi paydo bo’ladi.
  • Cast:Furious8 – kinodagi barcha aktyorlar haqida ma’lumot beradi
  • 7777=English – sonni ingliz tilida qanday o’qilishini yozadi
  • meter into feet – bir o’lchov birligidan boshqa o’lchov birligiga o’tish
  • set timer for 5 seconds – 5 sekundga timer qo’yish shundan keyin jiringlagan ovoz keladi
  • sunrise Uzbekistan – O’zbekistonda quyosh soat nechida chiqishini aytadi
  • sunset Uzbekistan – O’zbekistonda quyosh soat nechida botishini aytadi
  • english to uzbek – Inglizcha o’zbekcha lug’at chiqaradi. Foydalanish uchun tez va juda qulay
  • forecast in bukhara – buxorodagi ob-havoni ko’rsatadi
  • founder of Google – Google yaratuvchilari haqida ma’lumot. Google so’zi o’rnida boshqa kompaniyalarniyam ishlatib bo’ladi
  • book written by Alisher Navoi – Alisher Navoi yozgan kitoblar haqida ma’lumot.
  • Bukhara OR Tashkent – ikkita so’rovni birga bajaradi. Menga ishoning bu juda foydali. E’tibor bering OR so’zi faqat katta harflar bilan yozilishi shart
  • IP – sizning IPni yozadi
  • time in Canada – Kanadagi vaqtni ko’rsatadi
  • population in uzbekistan – O’zbekistondagi aholi sonini va o’sish grafigini ko’rsatadi
  • what day is it in 10 days – 10 kundan keyin qaysi kun kelishini aytadi
  • tan(y) – funktsiya grafigini chizadi
  • roll a dice – zarik tashaydi va nechi tushganini aytadi
  • dog sound – it ovozini eshtishingiz mumkin

Bundan tashqari boshqa dasturchilar shunga Googlega o’xshash ammo qiziqalriroq qidiruv tizimlari yaratishgan

  • Google Gravity – Bosh sahifada yerga tortish kuchi ishlaydi
  • Google Space – Bosh sahifa xuddi koinotda turgandek uchib yuradi
  • Google Sphere – Bosh sahifadagi barcha narsalar sfera ko’rinishida bo’lib qoladi
  • Epic Google – Bosh sahifadagi barcha narsalar kattalashib boradi

Yuqoridagi barcha qidiruv so’zlari sinab ko’rilgan va 100% ishlaydi


Siz yanada qiziqarliroq va foydaliroq googledagi so’rov gaplarini bilsangiz albatta u haqida izoq qoldiring. Sizga aynan qaysi biri ko’proq yoqib qoldi? Izoh qoldiring

Izohlar

Bakhtiyor Sheraliev's picture
5

Juda ham ajoyib maqola. Aynan tanlovdagi shartlarga amal qilinib, muammo, uning hosil bo'lishi va yechimlari haqida gap bormagan bo'lsada, maqola menga juda ham yoqdi. Odam gohida mana shunday pozitiv kayfiyat beradigan va yongingizda siz bilmaydigan dunyo haqida qiziqarli qilib ma'lumot beruvchi maqolalarni o'qib turishi foydadan xoli emas deb o'ylayman. Muallifga barakalla deb qolar ekanman, ishlariga omad tilayman.

lazerg's picture
0

Maqola yoqqanidan judayam xursandman

Bakhtiyor Sheraliev's picture
0

Ha darvoqe amallarning aksariyatini sinab ko'rdim. Hammasi ajoyib va qiziqarli!