YURAK KASBINI TOPISH UCHUN 10 TA SIR (o'z tajribam)

Diyora Turabekova
5
O’rtacha: 5 (2 ovozlar)
Siz har kuni faqat yaxshi ko'rgan ishiz bilan band bo'lishni ham buni evaziga pul olishni  xohlarmidingiz? Men 2 yil oldin bu haqda ilk bor jiddiy o'ylashni boshladim. Chunki yoqtirmagan ishlarimga ozimni majburlashdan charchab ketgandim.
Shunday ish topsamidi, bu ishni mazza qilib yurakdan bajarsamda  va evaziga pul ham osonlik bilan kelaversa, degan hayollar tark etmasdi. 
Mana ikki yil o'tgach ORZUYIM USHALDI! Hozirgi kun men HAR KUNI FAQAT SEVGAN ISHIM bilan shug'ullanyapman! O'z yurak kasbimni topdim!.... Va  pul ham osonlik bilan kirib kelishni boshladi.! Kasblarim ko'p ekan - vlogger, blogger, smm va pr menejer. Bunga qanday erishganligim to'g'risida o'z tajribam bilan bo'lishgim keldi!
(Yurak kasbga bag'ishlangavideo vlogimni ham tomosha qiling!)
 
1. QIZIQISHLARNI ESLASH.
Birinchi eeeeng muxim qadam bu qiziqishlarni ko'rib chiqish! Aslida odam o'z talantini topishi juda oson. Buni uchun, yoshligida nima qilishni yaxshi ko'rganligini bir eslab ko'rish kerak. Masalan, men kichkinaligimdan yozishni yoqtirardim. 12 yoshimdan kundalik daftar  tutib yozurardim, yozurardim.. Keyin man psihologik maqolalarni, shaxsiy rivoj bilan bog'liq kitoblarni juda yaxshi ko'rardim. Shuningdek odamlar bilan gaplashishni, ularni savollarga ko'mib tashlashni yaxshi ko'rardim.
Shularni ko'rib chiqqanimdan keyin, men bildimki, eng ideal professiya man uchun bu VLOGGING va Blogging. Oddiy vlogging emas, Shaxsiy rivoj to'grisida vloglar yuritish. Va mana hozir,  turli xil rivojlantiradigan trening- tadbirlarga taklif etilib, ular haqida vloglar yurityapman. Menga bu kasb nafaqat lazzat balki daromad ham olib kelmoqda. Mo'jizaga o'xshaydi, lekin har bir odam buni osonlik bilan qilishi mumkin.
 
2.BOSHLASH.
 
Qiziqishlarni ko'rib chiqishdan oldin, hali hech qanday qiziqish yo'q paytdayoq harakatni boshlash kerak. Biz qidiruvlarga butun umrni ham sarflab qo'yishimiz mumkin. Ammo qancha tez boshlasak,  jarayonni o'zida kasbimizni tezroq topamiz. Pul olib kelmasayam usha ishni boshlurish kerak.
Misol uchun, man vloggingni boshlaganimda, o'zimni yaxshi ko'rgan psiholog-trenerimga bordimda, sizdan intervyu olgim kelyapti dedim. U payt mani Youtube kanalimda hech qanday video ham, podpischik ham yo'q edi. Men shunchaki bordim va boshladim! Bilasmi, usha payt intervyu qanaqa chiqishi menga qiziq emasdi. Asosiysi  men uchun birinchi qadamni bosish edi. Shu intervyudan keyin, tekinga tadbirlarga borib reportajlar tayyorlashni boshladim. Oddiy telefondan videoni olardim. Sifati yaxshimas edi. Videolarda ovozim titrar, yuragim hayajondan dukillashigacha hammasi eshitilgandek bo'lardi. Ammo, men bilardimki aynan shu hayajonli videolar meni muvaffaqiyatli videolarga yetaklaydi.
 
3. NATIJAGA YOPISHMASDAN, JARAYONDAGI TAJRIBAGA YOPISHISH.
 
Bilasmi ko'pchilikni to'xtatadigan eng katta tormoz bu nima? Bu mukammalikka intilish. Oldingi zamonlardagi yetti o'lchab bir kes maqoli hozir o'z kuchini yo'qotgan. Hozirgi kunda zamon juda tezlashganini hammamiz xis qilyapmiz. Shunchun, tez tez tajriba uchun  harakatda bo'laverishimiz kerak.
Bu borada Facebook asoschisi, Mark Zukerbergning bir gapi menga judayam yoqadi: TEZ HARAKATLAN VA NIMADIRLAR SINDIR! Agar hech nima sinmayotgan bo'lsa, demak sen yetarlicha tez harakatlanmayapsan. Bu degani,  o'zinga xatolarga ruxsat ber. Har bir nomukammal ish - bu sani mukammal ishinga bo'lgan yana bir qadam.
Youtubeda Diyoranur degan kanalimni boshlaganimga 3 oy bo'ldi. 3 oy oldingi reportajim - juda oddiy, qora tusda va ovozim yaxshi yozilmagandi. Ammo usha ko'pgina xatoli reportajim bo'lmaganida, men hozirgi 10 chi yoriq va dadil reportajimga yetib kelmagan bo'lardim.
 
4.YAXSHI KO'RGAN ISHINGNI SEVGI BILAN QILAVER,
 
Shunda eshiklar ochilishni boshlaydi. Biz evaziga hech narsani kutmasdan, o'zimizni sevgan ishimizni chin dildan qilaversak, rosalik ko'p imkoniyatlar ochilishni boshlirkan. Misol uchun, men birinchi intervyuyimdan keyin, boshqa psihologlar ham men haqimda bilishni boshladilar.Va ular ham meni o'z tadbirlariga chaqirdilar. Men odamlar bilan tanishishni boshladim. Kechagina esa,  har doim ishlashni orzu qilgan mashxur jurnalist, ishlarimga qiziqim menga feysbuk orqali maktub jo'natibdilar. U yerda birga ishlash haqida gap ochibdilar!(Dinarapa, salom!)))) Aynan shunday imkoniyatlar ochilishi haqida gapiryapman! Siz sevgi bilan boshlang, eshiklar ochiladi.
 
5. BUTUN BORLIQ SENGA BERISHINI KUTMA, AVVALO MEN NIMA BERA OLAMAN DUNYOGA degan savolni o'zingiz bering. Va borliqqa MANA, OL deb, odamlar uchun foydali ishlariz bilan bo'lishing. Shundan so'ng BORLIQ HAM SIZGA MANA OL deb daromad va boshqa yaxshiliklarni taqdim qiladi.
 
Ko'pchilik, nimadir ishni boshlashdan oldin,  darrov bu ish pul olib kelishini xohlaydi. Bu judayam tabiiy va to'gr'i. Qilgan mehnatga loyiq pul xohlash -bu juda kerakli sifat. Ammo, biz borliqdan nimadir olishdan avval, unga nimadirni chin ko'ngildan berishimiz kerak.
ASOSIY MAQSAD pul olish emas, balki odamlarga qandaydir foyda berish bo'lishi lozim. Misol uchun, men shu vloglarimni qilayotganimda,avvalo,bu vloglar odamlarga qandaydir yaxshilik,qandaydir nur olib olib kelishini xohlagandim. SHuning uchun ham vlogimni nomi DiyoraNUR. Va menga telegram orqali,"raxmat vloglariz va postlariz mani ruhlantiradi, kayfiyatimni ko'taradi " degan maktublar kelganda mendan baxtliroq insonni topolmisiz usha payt.
 
6. O'YLADING - QILDING. Bu ham mening eng sevimli qoidam. Bizga har kuni zo'r zo'r fikrlar keladi. Ammo biz har xil sabablarni o'ylab topib, bu fikrlarni amalga oshirmaymiz. Misol uchun, men perfeksionist bo'lganligim uchun, mukammal narsalarni yarataman deb umuman boshlomasdim. Bilasmi bu mukammallik meni eng katta tormozim bo'lgan. Shunda, men telefonimga bir qoidani yozib qo'ydim va amalda qo'llay boshladim:
DONE is BETTER, than PERFECT. Ya'ni Amalda ishni bajarish, uni yakunlash, mukammal ishdan AFZALROQ. Shundan keyin, hamma o'ylagan ishlarimni o'ylagan paytimda darrov bajarishni boshladim. Balki ular qandaydir xatolarga egadir, balki mukammalmasdir, ammo ular mukammallikka qo'yilgan qadamchalardir.
Ya'ni, O'YLADINGMI, DARROV BAJAR -  qoidasini amalda qo'llashni boshlaganimdan keyin, harakat ko'paydi. Harakat ko'payganidan keyin esa, natijalar boshlandi. 
 
7. HAYOTGA EKSPERIMENTDEK QARANG.
 
Har kuni nimadirlarni o'zingizda va boshqalarda sinab ko'ruring. Bilasmi, biz judayam hayotni jiddiy qilib yuboramiz. Ammo, hayot juda tez va o'tkinchi ekanligini esimizdan chiqarib qo'yamiz. Men hayotga yengil qarashni boshlaganimdan keyin, har xil narsalarni eksperiment qilaverdim.
 
Masalan, oxirgi eksperimentim, vlogimga g'alati ammo o'ziga qaratadigan NOM tanladim. Unchalik o'ziga qaratmadi lekin))) qaytangi odamlar aynan usha vlogimni tomosha qilgisi kelmadi. Lekin men umuman xafa bo'lmadim, chunki bu eksperimentim menga zo'r tajriba bo'ldi. Xullas hamma narsaga  - qiziqarli o'yindek, qiziqarli eksperimentdek qaraversangiz - hayotingiz o'yindek oson bo'lib qoladi!
 
8. MAQSADGA emas, bu MAQSAD YO'LIDAGI O'RGANADIGAN KO'NIKMALARGA O'Z ETIBORINGIZNI QARATING. SHunda ishga bo'lgan ishtiyoq hech qachon tugamaydi!
 
MISOL uchun, o'z tajribamda men vlogerlikni endi boshlaganimda,  reportajim zo'r chiqishi kabi oxirgi natijalarga emas, balki jarayonda o'rganayotgan va men bilan butun umr qoladigan yangi ko'nikmalarga o'z e'tiborimni qaratardim.
Masalan vloggerlika endi qadam qo'yganimda men montaj haqida hech narsa bilmasdim: Ammo jarayonda Adobe premier pro degan professional programmada ishlashni, ham Plural eyes programmasidan foydalanishni o'rganib oldim. Jarayonda yaxshi rasmga olishni o'rganib oldim. Videoga hali zo'r ololmasamam, lekin men shu jarayondaman.
Xullas, har qanday sohani o'rganayotganizda jarayonda nima ko'nikmalarga ega bo'layotganligizga e'tibor bering.
 
9. Yana mening eng sevimli maslahatim:  Mening hayotimni judayam yengillashtirgan maslahat: Bu -  quyidagi qoidani xonezga katta qilib yozib qo'ying: MENING HAYOTIMDA HAMMA NARSA OSON, YENGIL VA TEZ. Va qachonki nimadir qiyindek tuyulsa, yo'q men bu jarayonni o'zim uchun-  oson qilib olaman deb o'zizga eslaturing! Mening hayotim aynan shu qoida tufayli judayam osonlashib ketdi. Eng qiyindek tuyulgan ishlarni ham oson hal qila boshladim.
 
10. ENG OXIRGI AMMO JUDAYAM MUHIM MASLAHAT. Yurak kasbini topish va amalga oshirish jarayonida o'zingizni qo'llab -quvvatlashni unutmang. O'zizni hursand qilishni unutmang. O'zizni sevimli ishariz yoki sevgan narsangizni harid qilish, yoki yoqtirgan joyga borish kabi kichkina sovg'alar bilan hursand qilavering. NEGAMI? Chunki, siz kayfiyatingiz yaxshi bo'lib, dam olgan paytingizdagina ZO'R ISHLOLASIZ VA odamlarga zo'r maxsulotlar yoki xizmatlarni ko'rsata olasiz. Shuning uchun, har doim o'zingizni hursand qilng! Har doim, qalbingiz xohlagan narsalarni amalga oshiring. Shunda qalbiz sizga Ruhlanish, ilhomlanish bilan javob beradi. Ilhom kelganda biz eng yuksak tog'larga chiqib ketamiz!
 
Shu blogpost davomi sifatida videoni youtube kanalimda Sevgan kasbni topish uchun nima qilish kerak? (Intervyu+vlog) nomli vlogimni ko'rishingiz mumkin.
 
 
 
 
Yurakdan bo'lishdi sizlar bilan, Diyoranur
telegram kanalim: https://t.me/diyoranur

Izohlar

Bakhtiyor Sheraliev's picture
5

Diyoraxon, bir nafasda o'qiydigan blogpost yozibsiz. Maza qilib o'qidim. Men ham faoliyatimning boshida aynan siz aytgan jihatlarni hisobga olganman. Menga juda ko'pchilik biolog bo'lmaslikni, buning hech qanday foydali tomoni yo'qligini isbotlashga harakat qilgan. Lekin men bilardimki men tug'ma biologman, va men o'z yo'limni tanladim va unda davom etdim. Siz blogpostda tilga olganingizdek men ushbu sohada o'zimni topganman, u bilan shug'ullanish menga olam-olam zavq beradi, va albatta katta daromad ham))) O'quvchilaringizga o'z tajribangizdan kelib chiqib bergan tavsiyalaringiz ham juda hayotiy chiqibdi. Ularning ayrimlaridan o'z faoliyatimda qo'llashni ko'zlab qo'ydim.
Endi aynan blogpost haqida yozadigan bo'lsam, blogpost qismlarga ajratib yozilgan. Muhim qismlari qoraytirilgan yoki katta harflar bilan berilgan. Matnga bunday yondashuv uning o'qishli bo'lishiga yordam beradi.
Diyoraxon, endi ruxsat bersangiz blogpostdagi ayrim kamchiliklarni ham tilga olib o'tsam, blogpostingizni o'qiganimdan keyin Telegramdagi kanalingizni ham kirib kezib chiqdim. Hamma yerda Sizda bir kamchilik ko'zga tashlanadi, ya'ni ayrim so'zlarni imloviy xatolar bilan yozar ekansiz, shu bilan birga ayrim so'zlar ko'cha tilida yozilgan. Albatta bu fikringizni yetkazishingiz uchun hech qanday to'siq bo'lmasligi mumkin, biroq ishning professionalligiga ta'sir ko'rsatadi. Men ham uzoq vaqt psixologiya bilan shug'ullanganman. Imidj psixologiyasiga ko'ra shaxsning mayda chuyda jihatlari uning yaxlit portretini hosil qiladi. troll.uz muallifining bloglarini ham kuzatib boraman, agar Siz ham kuzatsangiz uning muallifi ruscha yoki o'zbekcha yozganida ham birorta xatoga yo'l qo'ymaydi. Bu esa uning blogini oddiy kishilar bilan birga jamiyatning elitaga yaqin yoki elita qismi ham kuzatishiga imkon beradi. Shu bois ham Sizga maslahatim keyingi bloglaringiz va vloglaringizdagi imlolarni chop etishdan oldin bir qator ko'z yugurtirib chiqsangiz albatta foydadan xoli bo'lmas edi. Shunday bo'lsada yuqoridagi blogpostingizni faqat va faqat a'lo bahoga loyiq deb hisoblayman. Zero o'zingiz aytgandek kamchiliklar hamma joyda ham bo'ladi))) Ishlaringiz va ijodiy faoliyatingizga omadlar tilab qolaman.

Diora's picture
5

Assalomalekum Bakhtiyor aka! Shunday samimiy tarzda o'z fikringiz bilan bo'lishganingiz uchun kattakon raxmat! Ayniqsa sizni bergan maslahatingiz menga judayam yordam berdi. Haqiqatdan ham, o'quvchilarimga yaqinroq bo'laman deb, ko'cha tilda yozayotganimni o'zim ham sezmay qolibman! Bu esa mening vloglarimni imidjimga ancha ta'sir qilar ekan! Endi har yozganimda sizni so'zlaringiz esimga tushyapti))