Zamonamning ko'zga ko'rinmas qahramonlari

Usmonov Faridjon
4
O’rtacha: 4 (1 ovoz)
Zamonamning ko’zga ko’rinmas qahramonlari Tong sahar atrof butun tabiat osuda uyquda. Butun olamda sukunat hukmronlik qilmoqda. Tashqari anchayin etni junjitadigan sovuq bo’lgani uchunmi? Hali hamon odamlardan darak yo’q. Tong sahardan derazani ochib atrofni tomosha qilishni yoqtiraman. Ayoz qish kirib kelgandan buyon tashqari ayoz sovuq, shuning uchun derazani ochmasdan atrofda bo’layotgan hodisalarni tomosha qilishni yoqtiraman. Shu vaqt butun syujet holatini o’zgartirib ikki insonning qiyofasi namoyon bo’ldi. Ha darhaqiqat, bu kishilar har tong hamma uyg’onmasdanoq kelib izg’irin sovuq demay bahor – u qishda tong sahar kelib ko’cha – ko’y tozaligini ta’minlovchi farrosh opalar. Ular har tong quyosh chiqmasdan oldin kelib tozalash ishlarini boshlab yuborishadi. Bu ularning kundalik ish faoliyati hisoblanib har kuni shu yerda hozir nozir bo’lishadi. Tinim bilmasdan atrof tozaligini ta’minlashadi, ammo ba’zi-ba’zida ularning bu qadar mashaqqatini ko’rmasdan ularning ishlarini oyoq osti qilayotgan ba’zi yoshlarni ham ko’rib insonning qalbini og’ritadi. Kech tushishi yaqin qolganda guruh-guruh bo’lib bekorchilikdan pista chaqayotgan yigit-qizlarni mayli zerikishdan holi bo’lish uchun sayrga chiqishini tushunish mumkin, ammo ularning o’zi qilgan pista po’choqlarini bee’tibor tashlab ketishlari va bu bilan atrof muhitimiz ozodaligini buzilishiga olib kelishi haqida ba’zida yodlaridan chiqarishadi. Jamiyatimiz hayotida ushbu soha vakillarining mehnatlari ba’zi vaqtlarda sezilmay qolsa-da, aslida ularning farovon hayotimizga qo’shgan hissalari beqiyosdir. Buni quyidagi ketma ketlikda ta’riflashimiz mumkin. 1. Gigiyena nuqtai nazaridan 2. Inson ma’naviy olamiga ta’siri 3. Jamiyat hayotining bir izda borishini ta’minlab borish 4. Hayotimizda kichik, ammo juda katta ahamiyatga ega hayot richaklaridan biri Tarixan olib qaraganda ham bu jamiyat sohasiga alohida e’tirof berib kelishgan. Xususan, buyuk Xorazm tarixining ko’hna afsonaviy toji bo’lmish “Avesto”da ham ushbu narsaga alohida e’tibor berishgan. Undan quyidagilarni misol keltirish mumkin: Suv ichish uchun foydalaniladigan soy yoki suv havzasi oldida tol yoki bargli daraxtalr ekish taqiqlangan. Bu bilan turli fasllarda daraxtlardan hosil bo’lish mumkin bo’lgan suv uchun zararli holatlarning oldi olingan. Bu bilan insonlar salomatligiga ozroq bo’lsada hissa qo’shilgan. Inson har doim toza ozodalik tarafdori bo’lib kelgan, chunki tozalik va ozodalik bo’lgan joyda avvalambor, fayz - baraka va halovat bo’ladi. Hammayoq inson uchun yoqadigan go’zal tabiat va maftunkor qiyofaga ega bo’ladi. Insoniyat tarixida bo’lib o’tgan eng dahshatli kasalliklar ham shu kabi ozodalik qonun-qoidalariga amal qilinmagan holatda sodir bo’lgan. Darhaqiqat inson har doim go’zallik ixlosmandi bo’lib kelgan va har doim nafis narsalarning shaydosi hisoblanadi. Insoniyat o’zining doimo eng nafis narsalarga go’zal olamlar orasida go’zal olam yaratishga intilishi bilan boshqa mavjudotlar bilan farqlanib turadi. Mana shu farqimizni bundan keyin ham saqlab qolishimiz bizning burch va farzimizdir.

Izohlar

Bakhtiyor Sheraliev's picture
4

Assalomu alaykum Faridjon! Avvalo Sizni tanlov uchun ajoyib mavzu tanlaganingiz bilan tabriklayman. Haqiqatdan ham atrof-muhit ozodaligi barchamiz uchun brdek muhim va dolzarbdir. Ruxsat bersangiz blogpostingiz haqida o'z fikrlarimni bayon qilsam. Avvalo shuni aytib o'tishim lozimki tahliliy yoki ijodiy bloglarning boshlanish, kulminatsion va yakunlanish qismlari bo'ladi. Sizda blog juda chiroyli boshlangan, blogpostni o'qiyotgan odamga kulminatsiyaga qarab ketayotib blog birdaniga tugab qolgandek tuyulmoqda. Siz ko'targan mavzuga yanada kengroq, batafsil, misollar bilan yondashish mumkin edi. Shu o'rinda adolat nuqtai nazaridan farroshlar ekinga ishlamayotganligini, ularning vazifasi tozalash ekanligini unutmagan holda jamiyatdagi kasblararo munosabatning oltin oralig'ini topishga harakat qilinsa yanada yaxshi bo'lgan bo'lar edi. Yana bir jihat shundan iboratki, blogpostdagi ayrim gaplarda so'z ketma-ketligi qoidasidan biroz chetga chiqilgan, shu bois ayrim gaplarni to'g'ri tushinish uchun qayta-qayta o'qib ko'rishimga to'g'ri keldi, punktuatsiya bilan bog'liq ayrim juz'iy kamchiliklar ham mavjud. Lekin bular blogpost mazmunini ochib berishga deyarli qarshilik qilmaydi, biroq ular to'g'irlansa nur ustida a'lo nur bo'lgan bo'lar edi. Mana shuarni hisobga olib blogpostni 4 bahga baholadim. Agar blogerlik sohasida yangi bo'lsangiz Sizga Behzod Mamadiyev, Fozilbek Yusupov, Sanjar Said, Baxtiyor G'oziyev kabi blogerlarning bloglari bilan tanishib, ularning yozish uslubini ko'rib chiqishingizni maslahat beraman. Ijodingizga omadlar yor bo'lsin deb qolaman.