Ijtimoiy g’oyalar tanlovi g’oliblari aniqlandi

Sahar maktabi barcha tanlov qatnashuvchilarini ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan ilg’or go’yalari bilan tanlovda qatnashganligi uchun o’z minnatdorchiliginii bildiradi. Ushbu loyihda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan turli xil g’oyalar bilan har xil yoshdagi individuallar, nodavlat, notijorat tashkilotlar va tashabbus guruhlari qatnashdi. Har bir g’oya egalari kelajakda tashkillanadigan trening va seminarlarga taklif qilinadi va o’z g’oyalarini yanada aniq shakllantirish va amalga oshirish yo’nalishi bo’yicha amaliy yordam oladi. Har bir g’oya o’zini kuchli tomonlari bilan tanlov g’olibi bo’lish imkoniga ega bo’la oladi, lekin kutilganidek faqatgina bir nech g’oya g’oliblar qatoridan o’rin ola oladi. Demak, diqqat tanlov g’oliblarimiz:

1-o’rin: Sharoit Plus nodavlat notijorat tashkiloti o’zining imkoniyati cheklangan insonlar bilan ishlash g’oyasi bo’yicha. Sovg’a: videokamera

2-o’rin: Aleksandr Barkovskiy o’zining lo’lilar (Mugat) haqida hujjatli film yaratish va yosh lo’li bolalar uchun turli to’garaklar ochib, ularni jamiyatga ijtimoiy moslashtirish. Sovg’a: 2T tashqi qattiq disk

3-o’rin g’oliblari bir nechta, sovg’a Quvvat beruvchi bank (Power bank):

·         Kapitan Karimov o’zining gung tilida so’zlasha oladigan tarjimonlar yordamida kar-soqovlar uchun mahalliy turizmni rivojlantirish g’oyasi bilan;

·         Feruza Mamirova o’zining jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun online IT kurslarini tashkillash va ularni ish joylari bilan ta’minlash g’oyasi bilan;

·         Azamat Rahmonov o’zining bolalar uyidan chiqqan yoshlar va ijtimoiy kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini o’qitish uchun bepul sayt va programmalar yaratish kurslarini tashkillash g’oyasi bilan;

·         Shahnoza Ikramova o’zining Daun sindromi bor farzandlari bor ota-onalar uchun klub bilan hamkorlikda shunday bolalr uchun ijodiy yo’nalishdagi to’garaklar tashkillash g’oyasi bilan;

·         Hulkaroy Kayumova o’zining Gepatit B, C, D bilan kasallangan bemorlar ushun qo’llab quvvatlash guruhini tashkillash va ularga amaliy yordam berish g’oyasi bilan;

·         Hurshida Ibragimova o’zining zo’ravonlikka uchragan ayollarga ijtimoiy markaz tashkil etish g’oyasi bilan;

·         Maxgroup tashabbus guruhi o’zining yoshlar uchun tanqidiy fikrlash (Critical thinking) ko’nikmalarini o’rganish klubini tashkillash g’oyasi bilan.

Hamma g’oliblarni yana bir bor tabliklaymiz va ishlariga omad tilaymiz. Tanlovda g’olib bo’la olmaganlar ham o’z maqsadlari sari yanada faol harakat qilishga undab qolamiz!

Hurmat ila,

Sahar maktabi jamoasi.

Izohlar

rasha door's picture

Ushbu xabarni ulashganingiz uchun tashakkur

درب ضد سرقت

the grs's picture

I appreciate Social Worker. keep working spread good vibre like this 

Stock Cash Tips

ajstyle's picture

dd<a href="https://www.ipagalworld.co.in">.</a>ff[URL="https://cinemavilla.world"].[/URL]

ajstyle's picture

ssss<a href="https://www.ipagalworld.co.in">.</a>dd